Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Nur Jazlan Muhamed: “Saylov ochiq va adolat prinsiplariga amal qilingan holda o‘tgan”

Nur Jazlan Muhamed, “Telekom Malayziya Berxad” kompaniyasi direktori, Malayziya parlamenti a’zosi :

– Men xalqaro kuzatuvchi sifatida yurtingizda Prezident saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganiga guvoh bo‘ldim. Toshkent aeroportidayoq saylov, nomzodlarning tarjimai holi va dasturlari haqidagi rang-barang plakat va shiorlarga ko‘zim tushdi. Bunday targ‘ibot materiallarini boshqa joylarda – ko‘chalarda, muassasalarda, hatto, jamoat transporti, bekatlaru savdo do‘konlarida ham uchratdim. Oloy bozoridan chiqib, metroga tushsam, vagonlarda ham shunday ma’lumotlarga duch keldim. Ayni paytda, men mutaxassis sifatida yana bir holga e’tibor berdim: ommaviy axborot vositalarida ham saylov jarayoni, nomzodlar o‘rtasidagi sog‘lom raqobot keng va teng yoritildi.

Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ochiqlikni, oshkoralikni, transparentlikni va nomzodlar o‘rtasidagi tenglikni to‘la ta’minladi, deyish uchun yetarlicha asos bo‘ladi. 

Toshkent shahridan tashqari, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlardagi qator saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini bevosita kuzatdim. O‘zbekistonning saylov o‘tkazish borasidagi tajribasidan boshqa davlatlar ibrat olsa arziydi. Yo‘q, bu faqat mening gapim, xulosam emas. Ushbu e’tirofni men boshqa ko‘plab xalqaro kuzatuvchilardan ham bot-bot eshitdim. 

O‘zim esa bunga nisbatan chekkaroq hududlar, qishloq va ovullardagi saylov uchastkalarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, saylovchilar bilan bevosita suhbatlashganimdan so‘ng to‘la amin bo‘ldim. Fuqarolarning saylov qonunchiligi va nomzodlar haqidagi tushunchasi yetarli darajada. Samarqandning Bulung‘ur tumanidagi saylov uchastkalaridan birida birinchi marta ovoz bergan bir yigit va qiz bilan suhbatlashdim. Ular hamma savollarimga ochiq-oydin va mamnuniyat bilan javob berdilar. O‘zlari munosib topgan nomzodlarga ovoz berganini aytdilar. 

Diqqatimni tortgan yana bir jihat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini bevosita kuzatib borgan deyarli barcha xalqaro tashkilotlar missiyalari vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan saylov ochiq, oshkora, transparent va adolat prinsiplariga to‘la amal qilingan holda o‘tgani e’tirof etildi. 

Men Malayziya parlamenti a’zosi, deputat, ko‘plab mamlakatlarda saylov jarayonini bevosita kuzatgan mutaxassis sifatida shuni alohida qayd etishni istar edimki, 2007 yil 23 dekabrda milliy qonunchilik, xalqaro normalar va standartlar asosida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi legitim va qonuniydir. 

O‘zA

5120

27Dekabr 2007



Dolzarb mavzular