Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Zulfiqor Ali Qurayshiy: “O‘zbekistonda xalqaro andozalarga mos saylov tizimi shakllangan”

Zulfiqor Ali Qurayshiy, “Osiyo sivilizatsiyalari jamiyati” ilmiy-madaniy tashkiloti prezidenti, professor (Pokiston):

– Men Toshkent va Namangan shaharlari hamda Andijon viloyatidagi qator saylov uchastkalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, saylov to‘g‘risidagi qonunlarga qat’iy rioya qilinayotganiga guvoh bo‘ldim. O‘zbekistonda xalqaro andozalarga mos saylov tizimi shakllangani yaqqol sezilib turdi. Saylovchilarning faolligi juda yuqori bo‘lganligini nafaqat men, boshqa kuzatuvchilar ham e’tirof etishdi. 

Ta’kidlash joizki, mamlakatingizdagi tinchlikka, osoyishtalik va farovonlikka havas qilsa arziydi. O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotir. Yurtingizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar berayotgan samaralarni xalqingizning tobora yuksalib borayotgan farovonligida, fuqarolarning saylovda o‘z xohish-irodasini emin-erkin va mamnuniyat bilan ado etganida ham yaqqol ko‘rindi. 

Mamlakatingizda xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirish, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratilayotgani ham tahsinga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ayol nomzodning ishtirok etgani bunga yorqin misoldir. 


O‘zA 

1809

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular