Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Shaher Avavdeh: “Prezidentlikka nomzodlar uchun teng sharoit yaratilgan”

Shaher Avavdeh, Islom konferensiyasi tashkilotining yetakchi mutaxassisi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik va ko‘p partiyaviylik asosida o‘tgani uning demokratiya tamoyillariga to‘la mos kelishidan dalolatdir. Mamlakatdagi siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan Prezidentlikka nomzod ko‘rsatilib, tashviqot uchun ularga teng sharoit yaratilgani buning yaqqol dalilidir. 

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkentning 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi mustaqil O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘si muttasil yuksalib borayotganidan yana bir dalolatdir. Poytaxtingizning, butun O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Bu muqaddas zaminda islom madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk siymolar yetishib chiqqan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ mutafakkirlar qoldirgan bebaho meros asrlar osha insoniyat tafakkuri rivojiga xizmat qilib kelmoqda. 

Ana shunday buyuk merosning vorisi bo‘lgan bugungi avlod yangi jamiyat qurish borasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganidan juda xursandman. Tinchlik, osoyishtalik sharoitida, ortiqcha tahlika-yu daxmazasiz, xalqaro normalar va andozalarga mos o‘tgan Prezident saylovi natijalari xalqingizning ana shunday yutuqlaridan bo‘ldi. 


O‘zA 

4356

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular