Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Chung-Su Xong: “Saylov oshkoralik, tenglik va demokratik tamoyillar asosida o‘tdi”

Chung-Su Xong, “Daesung Group” kompaniyasi prezidenti (Koreya Respublikasi):
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jamiyat va davlat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda katta ahamiyatga ega muhim siyosiy voqea bo‘ldi. Saylov oshkoralik, tenglik va demokratik tamoyillar asosida o‘tdi. Saylovoldi tashviqot va targ‘ibot jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini diqqat bilan kuzatdim. Ularning saylovni xolis va oshkora tahlil qilib borganini alohida qayd etish joiz. 

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarini o‘rganib, ularda mamlakat istiqboliga xizmat qiladigan ko‘plab jihatlar va yo‘nalishlar o‘z ifodasini topganiga amin bo‘ldim. Nomzodlardan birining dasturida ijtimoiy himoya yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Dasturlardagi yo‘nalish va ustuvorliklarning bunday rang-barangligi to‘rtala nomzod o‘rtasidagi sog‘lom raqobat, samimiy bahs va o‘ziga xoslikni yanada kuchaytirdi. Ayni paytda nomzodlarning barchasini ulug‘ bir g‘oya – mustaqil O‘zbekistonni yanada ravnaq toptirish, o‘z xalqining farovonligini hozirgidan ham oshirish. 


O‘zA 

5809

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular