Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Saloh Sulton: “Saylov jarayonida nomzodlar o‘rtasida sog‘lom raqobat sezilib turdi”

Saloh Sulton, Osiyo islom qo‘mitasi kotibi (Quvayt):
– Toshkent shahri va viloyatining bir nechta saylov uchastkalarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani meni quvontirdi. Prezident saylovida ko‘plab xalqaro kuzatuvchilarning qatnashgani ham mamlakatda demokratiyani mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Prezident sayloviga oid qonun va boshqa hujjatlar xalqaro me’yorlarga to‘liq mos keladi, saylovchilarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik tamoyillarni o‘zida keng ifoda etadi. 

Fuqarolar saylov to‘g‘risidagi qonunchilikdan, Prezidentlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlardan yaxshi xabardor. Har qadamda – idoralar va muassasalar, ko‘cha-ko‘y, aholi gavjum maskanlarda Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturlari haqidagi plakatlar, kitob va bukletlarni uchratish mumkin. Bunday targ‘ibot materiallarini biz hatto poliklinikada ham ko‘rib lol qoldik. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratik, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq o‘tishi va saylovchilarning nomzodlarni tanlash imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qildi. 

Saylov jarayonida Prezidentlikka to‘rtala nomzod o‘rtasida sog‘lom raqobat yaqqol sezilib turdi. Lekin nomzodlar o‘rtasida kechgan bu o‘ziga xos musobaqada ayrim mamlakatlarda saylov jarayonida odat tusiga kirgani singari andishasizlik va bir-birining ustidan mag‘zava to‘kishlar kuzatilmadi. Barcha ishda bo‘lgani kabi saylov jarayonida ham o‘zbeklarga xos bag‘rikenglik, halollik va izzat-hurmat ruhi sezilib turdi. Mening fikrimcha, O‘zbekistonda yuksak muvaffaqiyat bilan o‘tgan saylovning eng katta yutug‘i ham shunda – uning mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik va ahillikni yanada mustahkamlashga xizmat qilganida va qilayotganida. 


O‘zA 

5626

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular