Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Shigeo Uetake: “Xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi oshgan”

Shigeo Uetake, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik va xayriya fondining maxsus maslahatchisi:
– Men yurtingizning qadimiy shaharlaridan biri Xivadagi saylov uchastkalarida bo‘ldim. Kuzatishlarim jarayonida saylovchilarning mustaqil fikrlashi-yu erkin ovoz berishi, mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarning faol ishtirokining guvohi bo‘ldim. 

Yurtingizda o‘tkazilgan bir qator halqaro uchrashuvlarda va to‘rt yil ilgari o‘tkazilgan Parlament saylovida ishtirok etgan edim. Avvalgi saylov bilan hozirgisini solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, katta farqni sezish mumkin. Xalqingizning turmush tarzida ham, siyosiy qarashlarida ham katta o‘zgarishlar yuz bergan. Eng muhimi, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi yanada oshgan. Bu O‘zbekistonda demokratiya tamoyillarining mustahkam qaror topganidan dalolatdir. 

Saylovga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash borasida amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlari tahsinga loyiq. Saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Masalan, saylov qutilari betob yotgan insonlar, qariyalar va boshqa sabablarga ko‘ra saylov uchastkasiga kela olmayotgan fuqarolarning uylariga olib borilishi insonparvarlikning yaqqol namoyonidir. Zero, kishini xastaligi yoki keksaligi uchun mamlakat miqiyosidagi bunday ulkan siyosiy jarayondan chetlatib qo‘yish – inson huquqlarini cheklashdan boshqa narsa emas. Kimki O‘zbekistonning saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topgan noiloj fuqarolarning uyda ovoz berishiga oid qoidani shubha ostiga olsa, meningcha, tirnoq ostidan kir qidirgan bo‘ladi. 

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, shaxsan men saylov jarayonida qonun-qoidalar yoxud inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq biror bir holatni sezganim yo‘q. 

Xalqingizga havasim keladi. Sizlar jannatmonand o‘lkada yashaysiz. Bunday Vatanning qadriga yetish, uning yanada gullab yashnashi uchun hech narsani ayamaslik kerak. 


O‘zA 

1880

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular