Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Sandjay Kumar Pandey: “Ovoz berishda erkin ishtirok etish demokratik tamoyillarga mos”

Sandjay Kumar Pandey, Javoharlal Neru nomidagi universitetning Xalqaro tadqiqotlar maktabi eksperti (Hindiston):

– Men ko‘plab mamlakatlarda o‘tgan Prezident saylovlarida kuzatuvchi sifatida qatnashganman. Aksariyat mamlakatlarda saylovchilarning tashabbuskor guruhi tomonidan Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish tajribasi uchramaydi. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar tashabbuskor guruhi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodning ham borligi e’tirofga va o‘rganishga loyiq. Bu biron bir partiyaning a’zosi bo‘lmagan fuqarolarga Prezident saylovida o‘z nomzodini ko‘rsatish uchun keng imkoniyat yaratadi. Saylovda raqobat muhitini kuchaytiradi. 

Saylovda har bir fuqaro o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelib, ovoz berishda erkin ishtirok etgani demokratik tamoyillarga mos keladi. 

Qarshidan Shahrisabzga kelgunimcha yo‘l-yo‘lakay bir necha zamonaviy qishloqlardagi bir-biridan ko‘rkam binolarga ko‘zim tushdi. Ular o‘quv muassasalari ekan. Mamlakatingizda ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganidan xabarim bor. Buni O‘zbekistonning o‘z kelajagiga yuksak e’tiboridan, deb bilaman. Yoshlar esa ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlikka javoban o‘z yurtining ertasi uchun mas’ulligini his qilmoqda. Saylov jarayonida bunga to‘la amin bo‘ldim. 


O‘zA 

2538

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular