Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Irnerio Seminatore: “Saylovchilar uchastkalarga rasmiyatchilik uchun kelib-ketgani yo‘q”

Irnerio Seminatore, Yevropa Ittifoqi xalqaro tadqiqotlar instituti direktori:

– Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidagi bir nechta saylov uchastkalarida bo‘ldim. Barchasida saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilgani va saylovchilarning saviyasi yuqoriligi meni quvontirdi. Hech qayerda fuqarolarning ovoz berishda biron bir muammoga duch kelganiga guvoh bo‘lmadim. 

Uchastkalar barcha zamonaviy texnika, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ba’zi uchastka saylov komissiyasi rahbarlari va a’zolari bilan suhbatda bo‘ldim. Ularning barchasi saylov qonunchiligi, tegishli me’yoriy hujjatlar, ushbu siyosiy tadbirning mazmun-mohiyatini puxta biladi. 

Saylovchilar ham uchastkalarga shunchaki rasmiyatchilik uchun kelib-ketayotgani yo‘q. Ular mazkur siyosiy tadbirning mamlakat istiqbolidagi ahamiyatini anglagan holda, ongli ravishda ovoz berdilar. O‘zim borgan saylov uchastkalaridan birida soat 16.30 gacha umumiy saylovchilarning 90 foizdan ortig‘i ovoz bergani bu jarayonga fuqarolar alohida e’tibor bilan yondashganini ko‘rsatadi. 


O‘zA 

2257

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular