Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Britta Vollenveber: “President saylovi xalqaro normalarga mos o‘tgan”

Britta Vollenveber, “Wostok” jurnali muharriri (Germaniya):

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ichida xotin-qizlar vakilining borligini mamlakatingiz saylov tizimidagi yutuqlardan biri sifatida baholash lozim. Bu O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy samarasidir. O‘zbekistonda bu borada erishilgan ko‘rsatkichlarga havas qilsa arziydi. 

Men avval ham O‘zbekistonda o‘tgan saylovda ishtirok etganman. Bu safargi saylov jarayonini kuzatishda ham turli mamlakatlar, ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etganining o‘ziyoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ochiqlik, transparentlik asosida, xalqaro normalarga mos o‘tganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 

Men Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayonlarini kuzatar ekanman, joylarda qonunchilikka qat’iy rioya qilinganiga, fuqarolarning o‘z huquqlarini erkin amalga oshirganiga qat’iy amin bo‘ldim. 


O‘zA 

1827

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular