Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Toshio Toura: “Saylov aholi demokratik davlat sari dadil qadamlar tashlayotganini ko‘rsatdi”

Toshio Toura, “Tori” kompaniyasi maslahatchisi (Yaponiya):

– O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lidan izchil borib, bu borada katta yutuqlarga erishayotgan mamlakatdir. Barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar qisqa vaqtda o‘z samarasini berayotgani hammaga ma’lum. 

Bu ishlarni izchil davom ettirish Prezidentlikka nomzodlarning dasturlarida aks etgan. Mamlakat salohiyati va xalq farovonligini yanada oshirishga bo‘lgan intilish shu yurtda yashovchi har bir fuqaroning – u kim bo‘lishidan qat’iy nazar – asosiy maqsadi bo‘lmog‘i zarur. 

Bo‘lib o‘tgan saylov mamlakat aholisi huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati sari dadil qadamlar tashlayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston xalqi o‘ziga munosib yo‘lboshchini sayladi. 

Shu o‘rinda bir fikrni alohida ta’kidlamoqchiman. Ayrim kuzatuvchilarning saylovchilar ishtiroki haqidagi raqamlarga shubha bilan qarashlari meni hayron qoldiradi. Shaxsan men Samarqand viloyatidagi bir necha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatib, saylovchilarning faolligiga, erta sahardan o‘z xohish-istagi bilan ovoz berish uchun kelayotganiga havasim keldi. Zero, Sharq xalqlari tongda barvaqt turishni xosiyatli, deb biladilar. Har bir qit’aning, mintaqaning, xalqning o‘ziga xos tabiati, mentaliteti bor. Buni esdan chiqarmaslik va masalaga shu nuqtai nazardan yondashmoq zarur. 


O‘zA 

3768

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular