Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Che Yon Xa: “Prezident saylovi yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim”

Che Yon Xa, Koreya Respublikasi Yen-Sey universiteti professori:

– 23 dekabr kuni o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi har tomonlama yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. Ovoz berish jarayonini kuzatish uchun Xorazm viloyatiga bordim. “Xorazm palas” mehmonxonasiga joylashdik. Mehmonxonaga kiraverishda to‘rtala nomzodning tarjimai holi va dasturi bilan tanishish mumkin. Xorazmni sayr qildik. Ko‘chalarda, aholi gavjum joylar va jamoat transportida nomzodlar haqida turfa ma’lumot mavjudligini ko‘rdim. Bular ham saylovning demokratik tamoyillarga, xalqaro huquqiy me’yorlarga to‘la mos ravishda o‘tganligidan dalolatdir. 

Viloyatning Yangiariq tumanidagi 368-, 378-saylov uchastkalarida bo‘lib, ko‘plab saylovchilar bilan suhbatlashdim. Suhbat asnosida shunga amin bo‘ldimki, ularning har biri o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz bergan. 

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovda ishtirok etgan saylovchilar soni 14 765 444 kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilar umumiy sonining 90,6 foizini tashkil etganini ma’lum qildi. Bunday natija ko‘pchilik davlatlarda o‘tkazilgan saylovlarda kuzatilmaydi. Misol uchun Koreya Respublikasida yaqinda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida saylovchilarning 62 foizi ishtirok etdi. Shu jihatdan O‘zbekistonga havas qilsa arziydi. 

Shuni ham ta’kidlash joiz, ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari yurtingizda xalqaro talablarga to‘la mos ravishda o‘tgan saylovga noxolis munosabatda bo‘layotganini ko‘rayapman. Vaholanki, ularning ko‘pchiligi bu siyosiy jarayonda qatnashmagan. Bunday paytda ularning maqsadi, qarashlari g‘arazli ekanligini unutmaslik kerak. 


O‘zA 

5081

26Dekabr 2007



Dolzarb mavzular