Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Muhammad Amin G‘azoniy: “O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat shakllangan”

Muhammad Amin G‘azoniy, “Tabani Group” kompaniyasining mintaqaviy direktori (Pokiston):

– O‘zbekistonda Prezident saylovi jarayonini men Samarqandda kuzatdim. Bu qadim shahardagi saylov uchastkalarida saylov ochiqlik, oshkoralik, teng huquqlilik, erkinlik kabi demokratiya tamoyilllariga to‘la amal qilingan holda o‘tkazildi. Prezident saylovining ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tgani mamlakatingizda demokratik huquqiy davlat shakllangani va saylov tizimi xalqaro normalarga to‘la mos kelishining amaliy isbotidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tdi, deyish uchun to‘la asos bor. 

Har kelganimda mamlakatingizning chiroyiga chiroy, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilayotganini ko‘rib quvonaman. Bu go‘zal diyorda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari kishini o‘ziga maftun etadi. Ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan betimsol ishlarni hayrat bilan ko‘zdan kechirar ekanman, yurtingizning tubdan o‘zgarayotganiga amin bo‘laman. 


O‘zA 

2369

24Dekabr 2007



Dolzarb mavzular