Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Salem al-Ajiliy al-Havniy: “Saylov kishilaringizning siyosiy va huquqiy saviyasi qanchalik yuqori ekanini yaqqol namoyon etdi”

Salem al-Ajiliy al-Havniy, Islom Konferensiyasi Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari:

– O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish doirasida Toshkent, Buxoro viloyatlari hamda poytaxtingizda tashkil etilgan saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishdik. Olti nafardan iborat kuzatuvchilarimiz hamma joyda saylov ochiq, oshkora, halol va haqqoniy o‘tayotganiga guvoh bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchiman. 

Saylovda bir nafardan ortiq nomzodning ishtirok etishi demokratiyaning muhim talablaridandir. O‘zbekistonda o‘tgan Prezident saylovida to‘rt nafar nomzod ishtirok etganining o‘ziyoq bu tamoyilga qat’iy amal qilinganini ko‘rsatib turibdi. 

Fuqarlaroning huquq va manfaatlarini, hatto ular mamlakatdan tashqarida yurgan bo‘lsa ham, ta’minlash demokratiyaning muhim shartlaridandir. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida saylov uchastkalari tuzilib, chet ellardagi fuqarolaringizning ovoz berish huquqi ta’min etilgani tahsinga loyiq ishdir. 

Muqaddas haj ziyoratiga yo‘l olgan salkam 5 ming nafar fuqaroga oldindan ovoz berishi uchun yashash joylarida zarur sharoit yaratilgani ham inson huquqlarini ta’minlashning amaldagi yorqin ifodasidir. Milliy qadriyatlaringizga va umumbashariy tamoyillarga to‘la mos keladigan bunday xalqchil qonunlar va demokratik siyosat xalqingizning, mamlakatingizning yorug‘ istiqboli uchun xizmat qilishi shubhasiz. 

Saylov kishilaringizning siyosiy va huquqiy saviyasi qanchalik yuqori ekanini jahon jamoatchiligi ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon etdi. 


O‘zA 

2231

24Dekabr 2007



Dolzarb mavzular