Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylov demokratiyaning barcha tamoyillariga mos holda o‘tdi”

Li Fenlin, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Rivojlanish tadqiqotlari markazining ijtimoiy rivojlanish Yevroosiyo tadqiqotlari instituti direktori:

Mamlakatingizda Prezident saylovini diqqat bilan kuzatar ekanman, u demokratiyaning barcha tamoyillariga to‘liq mos holda o‘tganiga ishonch hosil qildim. Bu O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaygandan dalolatdir. 

O‘zbekistonda fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan mazkur saylov buning amaldagi ifodasidir. 

Mamlakatingizga har gal kelganimda turli jabhalarda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlarning guvohi bo‘laman. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva kabi qadimiy shaharlaridagi me’moriy obidalar, madaniy yodgorliklarni ziyorat qilib, zavq olaman. 

Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Bugungi kunda barcha sohalarda rivojlanayotgan aloqalarimiz kelgusida yanada mustahkamlanishiga ishonaman. 

Dun Syaoyan, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo intstituti direktori o‘rinbosari: 

Toshkentning bir nechta saylov uchastkalarida bo‘lib, Prezident saylovi jarayonlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldim. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtiroki meni quvontirdi. Bu ularning mamlakat taqdiriga befarq emasligidan dalolat. Saylov uchastkalaridagi saylovchilar va kuzatuvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganini ko‘pchilik kuzatuvchilar e’tirof etdi. Saylovni O‘zbekistondagi kabi yuksak darajada tashkil etish dunyo mamlakatlarida kam uchraydigan hodisadir. 

Prezidentlikka nomzodlarning dasturlari o‘ziga xosligi, ko‘plab yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgani bilan e’tiborga molik. Nomzodlarning dasturlari bilan saylovchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida ko‘chalar, do‘konlar, shifoxona va maktablarda ko‘pdan-ko‘p targ‘ibot materiallarining osib qo‘yilgani mamlakatda Prezident saylovi demokratik ruhda o‘tganining yana bir dalilidir. 

Prezidentlik lavozimiga O‘zbekistondagi qator siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan to‘rt nomzodning ko‘rsatilgani, saylovchilarning tanlash imkoniyatini yanada oshirdi. Nomzodlar orasida xotin-qizlar vakilining borligi esa mamlakatingizda xotin-qizlarning mavqei tobora yuksalayotganining yorqin tasdig‘idir. 

O‘zA 

5157

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular