Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Ko‘pgina mamlakatlar O‘zbekistondan o‘rnak olsa arziydi”

Vyacheslav Kraves, MDH kuzatuvchilar missiyasi vakili (Rossiya):

Saylovning yuqori darajada o‘tayotgani menda katta taassurot qoldirdi. Ko‘pgina mamlakatlar saylov jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha O‘zbekistondan o‘rnak olsa arziydi. 

Saylov uchastkalaridagi xodimlar tezkor, aniq va bahamjihat ishladi. Biz bir nechta saylov uchastkalarini ko‘zdan kechirdik, ularning hech birining faoliyatiga e’tirozimiz yo‘q. 

Lizuro Anatoliy, MDH ijroiy qo‘mitasining ish boshqaruvchisi o‘rinbosari (Moskva): 

Men Toshkent shahridagi bir nechta saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishdim. Ularda saylovchilar, xalqaro kuzatuvchilar uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. 

Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni juda yuksak saviyada tashkil etilganligidan dalolat beradi. 


O‘zA 

1560

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular