Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Aholining siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va faolligi oshib bormoqda”

Muhammad Saloma, Misr Arab Respublikasi “al-Masoiyya” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari:

Men mamlakatingizda bo‘lib o‘tgan ilgarigi saylovda ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan edim. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatib amin bo‘ldimki, mamlakatda milliy saylov tizimi muttasil takomillashib bormoqda. Aholining siyosiy jarayonlarda faolligi oshib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday natijalarga erishishda ommaviy axborot vositalarining hissasi katta bo‘lganini e’tirof etish joiz. 

Zero, mazkur siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonini yoritish va nomzodlarning dasturlarida ilgari surilgan yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda mamlakatingizdagi barcha vaqtli nashrlar, televideniye, radio va Internet tarmog‘i imkoniyatidan oqilona foydalanilgan. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda barcha nomzodlarga teng sharoit yaratilgan. 

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, nomzodlar va ularning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan besh yuzdan ziyod uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvlarning ko‘pchiligi viloyatlar, xususan, qishloqlarda o‘tgani ham e’tiborga molikdir. Ushbu fakt va raqamlar zamirida saylov kampaniyasini ochiq, oshkora va demokratiya tamoyillari asosida o‘tkazishga bo‘lgan intilish mujassamdir. Yaratilgan ana shunday qulay imkoniyatlar tufayli saylovchilar ushbu siyosiy tadbirda uyushqoqlik bilan faol ishtirok etdilar. Saylovni tashkil etish va o‘tkazishda mahalla institutining o‘rni va roli alohida sezilib turibdi. 


O‘zA 

2290

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular