Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Prezident saylovi ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi”

Aleksandr Yurevich, MDH ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, xalqaro kuzatuvchilar missiyasi shtabi a’zosi (Minsk):

Bir nechta saylov uchastkalarida bo‘ldim. Mamlakatingiz hayotidagi mazkur muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi juda ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Bunga har bir saylov uchastkasida guvoh bo‘lish mumkin. Saylovchilar erkin, yashirin ravishda ovoz bermoqda. Buni Qoraqalpog‘istondan, viloyatlardan telefon orqali xabar berayotgan xalqaro kuzatuvchilar ham tasdiqlashmoqda. 

Shuni alohida ta’kidlamoq joizki, mazkur saylov ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tayotgani, har bir fuqaroning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi uning demokratik tamoyillarga, xalqaro normalarga mosligidan dalolat beradi. 

Yelena Kuzmina, xalqaro kuzatuvchi, Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar bo‘limining MDH mamlakatlari sho‘’basi ilmiy xodimi: 

Toshkent va Zangiota tumanlaridagi bir nechta saylov uchastkalarida bo‘ldim. Saylovchilar juda faol. Nomzodlar haqida yetarlicha ma’lumotga ega. Biz borgan saylov uchastkalarida ro‘yxatga olingan saylovchilarning qariyb 50 foizi soat o‘n birgacha o‘z konstitutsiyaviy burchidan foydalangan edi. 

Prezident saylovi har bir mamlakat hayotida katta siyosiy voqea. Yurtdoshlaringizning faolligidan angladimki, ular o‘z Vatanining mustaqilligi, taraqqiyoti va uning yorug‘ istiqboli uchun befarq emas. 


O‘zA

3686

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular