Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Mun Xa-yong: “Saylov oshkora, adolatli, teng raqobat asosida o‘tmoqda”

Mun Xa-yong, Koreya Respublikasi Yonsey universiteti professori:

Talabalar shaharchasidagi 218-saylov uchastkasiga soat 13 da kelganimizda saylovchilarning 85 foizi ovoz berib bo‘lgan ekan. 

Saylov oshkora, adolatli, teng raqobat asosida o‘tmoqda. Saylovda turli siyosiy partiyalardan nomzodlarning, jumladan, ayol nomzodning ishtirok etayotgani O‘zbekistonda oila institutida va saylovida yangilik hisoblanadi. Chunki yurtingiz tarixida ayol nomzodning bunday ishtiroki birinchi marotaba kuzatilmoqda. Aslida bunday holat dunyo bo‘yicha ham kam uchraydi. Men ayollarning hokimiyatda bo‘lishini ma’qullayman. Kuni kecha Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovida ham ayol nomzod bor edi. 

Odatda saylov jarayonida xilma-xil fikrli odamlarning hohish-irodasi, orzu-umidi ijtimoiy kayfiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Men mamlakatingizda bir necha yil elchi bo‘lib faoliyat yuritganim bois hayotning turli jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan xabardorman. Izchil islohotlar samarasida yurtingiz katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xalq hayotiga ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib kirildi. Mamlakatda demokratiya tamoyillariga amal qilinishi va iqtisodiy yuksalish aholi turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 


O‘zA 

3993

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular