Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi vakillari O‘zbekistonda

Mirzoali Boltuyev, Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi raisi:

Men kuzatgan Toshkent shahridagi 221-saylov uchastkasi ovoz beruvchilarining aksariyati yoshlar ekan. Mamlakatingizda saylovchilarning 2 million nafari birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar ekan. Bu yoshlarning mamlakat siyosiy hayoti, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtiroki ta’minlanganidan dalolatdir.

Men ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lib, saylov tizimi bilan tanishganman. O‘zbekistonning saylov qonunchiligi boshqa mamlakatlarnikidan qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajrab turadi. Prezident saylovida kuzatuvim davomida saylov jarayonida oshkoralik va ochiqlik, nomzodlar o‘rtasida o‘ziga xos raqobat muhiti borligiga amin bo‘ldim. O‘zaro hurmat o‘zbek xalqining an’anaviy qadriyatlari va milliy mentalitetini o‘zida mujassam etgan ushbu xususiyatlar yuksak e’tirofga munosibdir.

Suhrob G‘oipov, Tojikiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bosh mutaxassisi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik tamoyillar asosida o‘tayotganiga shubham yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan prezidentlikka nomzodlar haqida tayyorlangan materiallar bilan tanishib, bunga to‘la amin bo‘ldim. Nomzodlar orasida ayollar vakili ham borligi e’tiborlidir.

Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini, Prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan kuzatuvchilarni uchratish mumkin. Shuningdek, ovoz berish jarayonini 23 ming mahalliy, 300 nafarga yaqin xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat kuzatuvchilar kuzatib borayotgani ham ushbu saylovning oshkoralik, demokratiya va adolat prinsiplariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tayotganiga dalildir.

Yakubjon Madumarov, Tojikiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bosh mutaxassisi:

Men O‘zbekistonning saylov amaliyotida e’tiborimni tortgan jihatlardan ikkitasini alohida ta’kidlashni istardim. Birinchidan, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibida mamlakatingizda qaror topgan o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining noyob instituti – mahallalar vakillari kiritilgan. Shuningdek, bugun har qadamda – idoralar va muassasalar, ko‘cha-ko‘y, aholi gavjum maskanlar, ommaviy axborot vositalarida prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturlari haqidagi plakatlar, kitob va bukletlarni uchratish mumkin. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratiya, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq o‘tkazilishi va saylovchilarning nomzodlarni tanlash imkoniyatini yanada oshirishiga xizmat qilishidan dalolat beradi.

O‘zA


6712

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular