Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Tetsudji Tanaka: “O‘zbekistondagi saylov jarayoni rivojlangan demokratik davlatlar saylov tizimidan qolishmaydi”

Tetsudji Tanaka, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarini o‘rganish institutining ijrochi direktori (Yaponiya):

Men borgan barcha saylov uchastkalarida saylovchilarning faolligi, ayniqsa birinchi marta ovoz berayotganlarning ko‘tarinki kayfiyatini ko‘rdim. Ovoz beruvchilarning faolligi, saylovning demokratik tarzda o‘tayotgani menda katta taassurot qoldirdi.

To‘rtta nomzodning ko‘rsatilishi saylovning sog‘lom, raqobat ruhini belgilaydi. Demak, har bir saylovchi o‘zining hohish-irodasi bilan istagan, tanlagan nomzodga ovoz bermoqda.

O‘zbekistondagi saylov jarayoni rivojlangan demokratik davlatlar saylov tizimidan qolishmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi saylov demokratik ruhda o‘tayotganining shohidi bo‘ldim. Bu yerda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik hukmron ekanligiga ishonch hosil qildim.

Men Markaziy Osiyodagi bir nechta institutlarning faxriy a’zosiman. Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlashda yurtingiz erishayotgan yutuqlar katta ahamiyatga ega.

O‘zA


1371

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular