Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Lyubomir Tyan: “Odamlarning siyosiy tafakkuri, dunyoqarashi yuksalgan”

Lyubomir Tyan, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati, Agrar masalalar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari:


Men O‘zbekistonda o‘tkazilgan avvalgi saylov jarayonlarida ham ishtirok etganman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonini kuzatib, odamlarning siyosiy tafakkuri, dunyoqarashi yanada yuksalgani, faolligi oshganini sezdim. O‘zbekiston hayotidagi ushbu muhim voqea mamlakatning demokratiyalashuvi tobora chuqurlashganini ko‘rsatmoqda.

E’tiborga molik jihati – demokratik tamoyillarning mustahkam qaror topishiga bosqichma-bosqich, evolyutsion tarzda erishilgan. Mamlakatingizda jamiyatning demokratiyalashtirish va modernizatsiyalash qilish yo‘lida yangi siyosiy tizim shakllangani e’tiborlidir. Bu o‘z navbatida iqtisodiy yuksalish va xalq farovonligida muhim o‘rin tutadi.

Saylov jarayoniga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilgan. Saylov uchastkalarida ovoz berish varaqalari tashlanadigan qutilarning shaffofligi diqqatimni tortdi. MDH mamlakatlari orasida faqat O‘zbekistondagina saylov jarayonida shunday shaffof qutilardan foydalanilmoqda. Bu saylovning oshkora, ochiq, xolis o‘tishini ta’minlovchi muhim belgilaridan biridir.

O‘zA


2441

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular