Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylov to‘g‘risidagi qonunlar mukammal ishlangan”

Xosep Pike, “Vualink” aviakompaniyasi prezidenti (Ispaniya):


O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, bag‘rikeng va mehr-oqibatliligi meni hayratda qoldirdi. Ko‘plab mamlakatlarga borgan bo‘lsam-da, bunday shirinso‘zli insonlarni kam uchratganman. Yurtingizda hukm surayotgan tinch, osuda hayotga, farovon turmush tarziga havasim keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘rnak olsa arzigulik ravishda – xalqaro me’yorlarga to‘la mos holda o‘tmoqda. Yurtingizning ommaviy axborot vositalari saylov qanday o‘tayotganini batafsil yoritib bormoqda. O‘zbekistonning saylov to‘g‘risidagi qonunlari bilan yaqindan tanishdim. Ta’kidlash joizki, ushbu hujjatlar mukammal ishlangan.

Demokratik jamiyatni shakllantirish jarayonida har bir mamlakat xalqining urf-odat va an’analari, turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlari, tarixi va mentalitetini hisobga olib ish yuritishi zarur. O‘zbekistonda o‘tayotgan Prezident saylovi aynan shu jihatlarni o‘zida qamrab olgani bilan ham ajralib turadi.

Ba’zi mamlakatlarda saylov jarayonlarida bo‘lib o‘tadigan turli namoyishlar, mitinglar xalqning tinch hayotiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Menimcha, saylovlar huddi O‘zbekistondagidek erkin, adolatli, ochiq va oshkora, batartib va osoyishta o‘tishi lozim.

O‘zA


2094

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular