Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Ozarboyjon Milliy majlisi vakillari O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatmoqda

Ziyofat Abbos o‘g‘li Asqarov, Ozarboyjon Respublikasi Milliy majlisi raisining o‘rinbosari, xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha parlamentning doimiy komissiyasi raisi:


Saylovda saylovchilarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylov qonunchiligi, uni o‘tkazish tartibi borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari muvaffaqiyatli olib borilganini alohida ta’kidlash joiz. Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishni saylovlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zero, saylov jarayonida jamiyatdagi xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish-irodasi yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonaman.

Men O‘zbekistonga kelishni ko‘pdan beri niyat qilar edim. Mazkur jannatmonand zaminga kelib, o‘zbek xalqidek xushmuomala, mehmondo‘st insonlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lganimdan mamnunman. O‘zbekistonning kelgusida yanada taraqqiy etishiga shubham yo‘q.

Eldor Rizo o‘g‘li Ibrohimov, Ozarboyjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati:

Prezident saylovi jamiyat hayotidagi juda katta ijtimoiy-siyosiy jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatar ekanman butun saylov kampaniyasi oshkoralik asosida tuzilganiga amin bo‘ldim. Saylov qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro me’yorlarga to‘liq javob beradi. O‘zbekiston fuqarolarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilayotgani saylovning demokratik tamoyillar asosida o‘tayotganining yana bir ifodasidir.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha jabhalarda, jumladan iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarga erishdi. Xalq farovonligi muttasil yuksalib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshmoqda. Bu mamlakatingiz tanlagan milliy taraqqiyot yo‘li g‘oyat to‘g‘ri ekanidan dalolatdir. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan dadil bormoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanishiga ishonaman.

Zohid Orujev, Ozarboyjon Respublikasi Milliy majlisi deputati:

Biz Toshkentdagi bir necha saylov uchastkasini borib ko‘rdik. Kuzatuvlar natijasida saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish imkoniyati to‘la ta’minlanganiga amin bo‘ldik. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun va saylovga oid boshqa qator huquqiy hujjatlar xalqaro standartlarga to‘la mos kelishini alohida ta’kidlash joiz. Kuzatuvchilarning saylov jarayonini bevosita kuzatib borishi, shuningdek, saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun yaratilgan barcha zarur shart-sharoitlar saylov ochiqlik va oshkoralik asosida o‘tayotganidan dalolatdir.

Saylovning yuqori darajada o‘tishida O‘zbekiston fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyati va siyosiy faolligiga ham alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Bu yoshlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishga katta hissa qo‘shishi shubhasiz.

O‘zA


3441

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular