Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Nomzodlar orasida xotin-qizlar vakili borligi diqqatga molikdir”

Mayya Agibayeva, “Yurist” jurnali bosh muharriri (Qozog‘iston):
Men Jizzax shahridagi 17-, 19- va Jizzax tumanidagi 131-saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga havasim keldi. 

Ko‘p mamlakatlarda o‘tkazilgan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Tan olish kerak, mamlakatingizda kuzatuvchilar uchun barcha imkoniyatlar bor. 

O‘zbekistonda Prezident saylovi oshkora, demokratik normalarga mos o‘tayotgani e’tiborga sazovvor. Prezidentlikka nomzodlar orasida xotin-qizlar vakili borligi ham diqqatga molik voqeadir. 

Djon Cherian, “The Hindu” gazetasi siyosiy sharhlovchisi (Hindiston): 

Huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim omil hisoblanadi. Shu yo‘nalishda O‘zbekistonda barcha siyosiy partiyalar faoliyati uchun teng huquqiy asoslar yaratilgani saylovlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishida katta ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida saylovga tayyorgarlik jarayoni, Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi, dasturi, saylovchilar bilan uchrashuvlari batafsil, xolis yoritilganini ko‘rdim. Bu ham demokratiyaning muhim prinsplaridan biridir. 

O‘zbekistonda birinchi marta to‘rtta nomzod Prezident saylovida qatnashmoqda. Bu saylovchilarga tanlash imkoniyati yaratilganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 


O‘zA 

3691

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular