Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylash huquqidan erkin foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan”

Anvar Hussayn Siddiqiy, Pokistondagi Xalqaro islom universiteti prezidenti:
Men Toshkent shahridagi 164, 167, 168- saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonini kuzatib, ularda fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy burchini ado etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganiga amin bo‘ldim. 

Haj ziyoratiga jo‘nab ketgan fuqarolar uchun oldindan ovoz berish imkoniyati yaratilgani ham tahsinga loyiqdir. Zero, bu mamlakatingizda insonning eng muhim huquqlaridan biri – saylash huquqidan foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar to‘la yaratilganining yana bir tasdig‘idir. 

Saylov uchastkalarining saylovchilar yashaydigan hududlarga yaqin binolarda joylashgani ham insonga hurmatning amaldagi ifodasidir. Inson qadr topgan, uning manfaatlari to‘la himoya qilinadigan mamlakatdan tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va mehr-oqibat arimaydi. 

O‘zbekistonda Prezident saylovi ana shunday sharoitda o‘tmoqda. Bularning bari yurtingizda demokratik qadriyatlarning tobora mustahkamlanib borayotgani va jamiyatdagi islohotlarning ajralmas qismiga aylanganidan dalolatdir. 


O‘zA

1607

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular