Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Milliy saylov tizimi xalqaro standartlarga amal qiladi”

Jak Barrat, Parij universiteti yuridik fakulteti professori (Fransiya):
Toshkentdagi 95-saylov uchastkasida bo‘lganimda milliy saylov tizimingiz xalqaro normalar va standartlar doirasida amalga oshirilayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Partiyalar va Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi o‘zaro tenglik, sog‘lom raqobat, hurmat saylovning tinch-osoyishta o‘tishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Ovoz berish jarayonini siyosiy partiyalar, saylovchilarning tashabbuskor guruhidan vakillar kuzatuvchi sifatida diqqat bilan nazorat qilib turganini ko‘rdim. Bu O‘zbekistondagi saylovning tenglik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, oshkoralik, transparentlik va demokratik tamoyillar asosida o‘tkazilayotganidan yana bir dalolatdir. 


O‘zA

2380

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular