Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“O‘zbekistonda o‘tayotgan Prezident saylovi menda katta taassurot qoldirmoqda”

Fahad al-Mekrad, Arab ochiq universitetining uzluksiz ta’lim bo‘yicha bosh direktori, (Kuvayt):

Ko‘pgina mamlakatlar saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. O‘zbekistonda o‘tayotgan Prezident saylovi menda katta taassurot qoldirmoqda. Nomzodlar va ularning dasturi, saylov kampaniyasining ommaviy axborot va ko‘rgazmali tashviqot vositalari orqali keng yoritilishi yuqori saviyada tashkil etilgan. 

Saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishish asnosida yana bir jihat e’tiborimni tortdi. Kelish imkoniga ega bo‘lmagan kishilarning uyiga maxsus ko‘chma qutilar olib borilar ekan. Bu esa o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan insonparvarlik va bag‘rikenglikning, saylov tizimingizdagi teng huquqlilikning yana bir ifodasidir. 

Ayni paytda 5000 nafarga yaqin o‘zbekistonlik fuqaro muqaddas haj amallarini ado etishayotgan ekan. Ular haj safari arafasida, muddatidan oldin ovoz berishganini eshitdim. Bu o‘rgansa arzigulik tajriba ekan. 

O‘zbekistonda har bir fuqaro o‘z huquqidan foydalanishi, ushbu muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etishi uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgani tahsinga loyiq. 


O‘zA

3020

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular