Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Kuzatuvchilar fikricha, saylov to‘la qonuniylik asosida o‘tmoqda

Mustafa Kamal, Indoneziya parlamenti deputati:

Samarqanddagi saylov uchastkalaridagi jarayonni kuzatishlarimga tayanib shuni ishonch bilan aytamanki, yurtingizda saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu, avvalo, O‘zbekiston saylov qonunchiligining xalqaro andozalarga mos tarzda ishlab chiqilgani bilan bog‘liq. Uchastkalar saylovchilar bilan gavjum va ular ko‘tarinki kayfiyatda ovoz berishda qatnashmoqda. Ayniqsa, yoshlarning faolligi menda katta taassurot qoldirdi. 

Akkan Suver, “Marmara grupp” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi prezidenti (Turkiya): 

O‘zbekistonda amalda bo‘lgan saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlardan yaxshi xabardorman. Bugungi saylov to‘la qonuniylik asosida o‘tmoqda. Saylovgacha bo‘lgan jarayonlar ham qonun talablari bo‘yicha tashkil etilgan. Erta tongdan saylov uchastkalarining ovoz beruvchilar bilan gavjumligini ko‘rib, ularning fikrlarini tinglab, O‘zbekiston fuqarolarining bu muhim siyosiy tadbirga befarq emasligi, o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan yaxshi xabardorligiga guvoh bo‘ldim. Ayni paytda go‘zal Samarqandning tarixiy obidalari meni hayratga soldi. 

Aleksandr Sinker, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari instituti direktori (Isroil): 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratiya tamoyillariga amal qilingan holda muqobillik va ko‘p partiyaviylik asosida o‘tmoqda. Mamlakatdagi siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan prezidentlikka nomzod ko‘rsatilib, tashviqot uchun ularga bir xil, teng sharoit yaratib berilgani buning yaqqol dalilidir. Uchastkalarda esa partiya vakillari va boshqa kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari uchun joylar ajratilib, ular mavjud tartib-qoidalar asosida ish olib bormoqda. Samarqand viloyatidagi qator saylov uchastkalari faoliyati, ovoz berish jarayoni bilan tanishib shunday xulosaga keldim. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda xalqaro andozalarga mos saylov tizimi shakllanganiga amin bo‘ldim. 


O‘zA 

4638

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular