Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

“Saylov xalq irodasini erkin bildirishida asosiy vositaga aylanmoqda”

Demosfenis Bardzokas, Afina Milliy texnika universiteti professori (Gretsiya):

Navoiy shahridagi 5-, 8-saylov uchastkalarida bo‘ldim. Saylov demokratiyaning muhim instituti bo‘lib, u xalqning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, siyosiy hayotda, jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishining asosiy vositasiga aylanib bormoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida siyosiy partiyalar bilan bir qatorda saylovchilar tashabbuskor guruhidan nomzodning ishtirok etishi, ular orasida ayollarning vakili borligi mamlakatingizda demokratiya asoslari mustahkam qaror topayotganini, aholining huquqiy madaniyati yuksalayotganini ko‘rsatadi. 

Men Toshkentda tug‘ilganman. Shu yerda o‘sib-ulg‘aydim. Uzoq yillardan buyon Afina Milliy texnika universitetida ishlayman. Ushbu siyosiy tadbir sabab O‘zbekistonga kelib, mustaqillik yillarida bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini, ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, quvondim. Ko‘rkam va zamonaviy ta’lim muassasalari, shifoxonalar qad rostlabdi. Ravon yo‘llar, obod shahar va qishloqlar kishining havasini keltiradi. 


O‘zA 

2194

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular