Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Viktor Danilov: “Hozirgacha Surxondaryo viloyatidagi o‘nta saylov uchastkasida bo‘lib, ovoz berish jarayonini kuzatdim”

Viktor Danilov, MDH Ijroiya qo‘mitasi maslahatchisi (Rossiya):

- Saylovchilarning tashabbuskor guruhidan ko‘rsatilgan nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashayotgani bu jarayonda demokratik tamoyillar ustuvorligidan, mamlakatingizda o‘ziga xos adolatli saylov tizimi shakllanganidan dalolatdir. 

Hozirgacha Surxondaryo viloyatidagi o‘nta saylov uchastkasida bo‘lib, ovoz berish jarayonini kuzatdim. Menda xalqingizning bir-biriga samimiy munosabati, ochiq ko‘ngil va faolligi iliq taassurot qoldirdi. Albatta, bunda noyob o‘zini-o‘zi boshqarish organi bo‘lgan mahallaning o‘rni sezilib turibdi. Bu institut vakillarining uchastka saylov komissiyasiga kiritilgani saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Yurtingizning obodligi, ko‘chalarning toza-ozodaligini ko‘rib, havasim keldi. 

O‘zA

2418

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular