Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Vittorio Djordji “Boshqa mamlakatlar o‘rgansa arziydigan tajriba”

Vittorio Djordji, “Yevroyurist Italiya” hamda “Italiya-O‘zbekiston” do‘stlik va hamkorlik uyushmalari a’zosi:

- Dastlab Markaziy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdim. O‘zbekistonning saylov jarayonlari bo‘yicha tajribasini yuqori baholayman. Ayniqsa, Prezident bevosita fuqarolar tomonidan saylanishi demokratiyaning katta yutug‘idir. Italiyada Prezident Parlament tomonidan saylanadi. Mamlakatingizda saylov yoshiga yetgan barcha fuqarolar – millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar – teng huquqlilik asosida davlat rahbarini saylashi muhim ahamiyatga ega. 

O‘zbekistondagi saylov tizimi xalqaro normalarga to‘la javob beradi. Prezidentlikka nomzodlar orasida ayol nomzodning borligi mamlakatingizda ayollarning huquq va manfaatlari nechog‘li himoyada ekanini bildiradi. Bu Yevropaning ayrim mamlakatlari uchun ham o‘rgansa arziydigan holatdir. 


O‘zA 

1926

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular