Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Verner Furman: “Yaratilgan imkoniyatlar barcha talablarga javob beradi”

Verner Furman, “Yevropa-Berlin” do‘stlik jamiyati raisi (Germaniya):

- O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar meni anchadan buyon qiziqtirib keladi. O‘zbekistondagi Prezident saylovida kuzatuvchi sifatida qatnashishim tufayli ajoyib yurtingiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman. 

Toshkent shahridagi 83- va 51-saylov uchastkalarida bo‘lganimda, bu siyosiy tadbirga puxta hozirlik ko‘rilganiga ishonch hosil qildim. Saylovchilar va xalqaro kuzatuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar barcha talablarga javob beradi. Saylov ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tayotgani, har bir saylovchi saylovda shaxsan ishtirok etib, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berayotgani yurtingizda xalqaro me’yorlarga mos saylov tizimi shakllanganini ko‘rsatadi. 

Ochiq-oshkora ruhda o‘tayotgan mazkur siyosiy jarayon – Prezident saylovi O‘zbekiston demokratik, huquqiy jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil borayotganining yorqin dalilidir. 

O‘zA 

1389

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular