Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Andreas Andrianopulos: “Saylov demokratik tamoyillarga, xalqaro talablarga muvofiq o‘tmoqda”

Andreas Andrianopulos, Yevropa Ittifoqi Maslahatchilar guruhi rahbari (Gretsiya):

- Toshkent shahridagi bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayoni bilan tanishdim. Kuzatishlarimga binoan saylov demokratik tamoyillarga, xalqaro talablarga muvofiq o‘tmoqda, deyish uchun to‘la asos bor. 

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezidentlikka nomzodlarning har biri uchun teng sharoit yaratib berilgani, saylov uchastkalarida siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhidan kuzatuvchilar ishtirok etayotgani saylovning xalqaro va milliy qonunchilik talablariga muvofiq ravishda, ochiq-oshkora ruhda, xolislik va haqqoniylik asosida o‘tayotganidan dalolat beradi. 

Saylov uchastkalariga kela olmaydigan nogironlar, bemorlar va qariyalar uchun ham qulayliklar yaratilgani, saylov uchastkalarida yosh bolali saylovchilar uchun alohida xonalar tashkil qilinganini ko‘rib, to‘g‘risi, hayratimni yashira olmadim. Bir qancha saylovchilar bilan suhbatlashish asnosida ularning el-yurt kelajagiga befarq emasligiga amin bo‘ldim. 

O‘zA

2334

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular