Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Irina Zvyagelskaya: “O‘zbekiston salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotganiga guvoh bo‘ldim”

Irina Zvyagelskaya, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh eksperti:

- Men O‘zbekistonda oldingi saylovlarda ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Bu gal taassurotlarim yanada boyidi. Mamlakatingiz mustaqillik yillarida faqat ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda emas, demokratik asoslarni mustahkamlashda ham salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotganiga guvoh bo‘ldim. 

Men Jizzax shahridagi 16-, Paxtakor tumanidagi 280- va 284 -saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayonlarini kuzatib, saylov demokratik normalarga muvofiq o‘tayotganiga ishonch hosil qildim. Saylov uchastkalarida saylovchilarning o‘z xohish-irodalarini erkin amalga oshirishi uchun xalqaro talablar darajasida imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Shuning o‘ziyoq O‘zbekiston taraqqiyotning to‘g‘ri yo‘lini tanlagani va bu yo‘ldan dadil borayotganini ko‘rsatib turibdi. 


O'zA 

1201

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular