Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Vladimir Churov: “Bunday yuksak saviyadagi tashkiliy ishlarni hech bir mamlakatda uchratmaganman”

Vladimir Churov, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi:

- O‘zbekiston fuqarolari Prezident saylovida faol ishtirok etayotganining guvohi bo‘ldim. Bu ularning mamlakat kelajagiga befarq emasligidan, aksincha, o‘zini Vatan ravnaqi va xalq faravonligi masalasiga daxldor sezishidan dalolatdir. Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va dasturi bilan saylovchilar keng tanishtirilgani e’tiborga molik. Mutaxassis sifatida shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, demokratik tamoyillarga asoslangan saylov huda-behuda namoyishlar, mitinglar o‘tkazish, tartibsizlik keltirib chiqarish, degani emas. 

Demokratik davlat qurish, huquqiy jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil odimlayotgan O‘zbekistonda saylov jarayonida saylovchilarning yashirin ovoz berish huquqlari to‘la ta’minlanayotgani taxsinga sazovor. Haj safariga yo‘l olgan besh mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz bergani ularning konstitutsion xuquqini ta’minlash yo‘lida yaratilgan imkoniyat bo‘lib, bu xalqaro andozalarga to‘la mos keladi. 

O‘zbekistonda Prezident saylovi jarayonlarini kuzatish bilan birga o‘zbekistonlik hamkasblarim bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘lganimdan mamnunman. Bir qator saylov uchastkalarini kuzatishlarim natijasida O‘zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik borasida o‘rnak olsa arzigulik ko‘plab jihatlarni uchratdim. Saylov uchastkalarida saylovchilar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari hamda boshqa shart-sharoit bunga yorqin misoldir. Bunday yuksak saviyadagi tashkiliy ishlarni hech bir mamlakatda uchratmagan edim. 

O'zA 

4373

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular