Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Bulat Sultanov: “O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotir”

Bulat Sultanov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti direktori, siyosatshunos:

- Men Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 110- va 117-saylov uchastkalarida bo‘ldim. 

O‘zbekistonda Prezident saylovi ko‘p partiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatingizda demokratiya tamoyillari ustuvorligidan dalolat beradi. Saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish jarayonlari bilan tanishib, demokratiyaga xos oshkoralik, ochiqlik tamoyillariga to‘liq rioya etilayotganiga ishonch hosil qildim. Men siyosatshunos sifatida dunyo davlatlaridagi islohotlarni kuzatib boraman. Ayrim mamlakatlarda soxta demokratiya xalq uchun jiddiy qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgani ham sir emas. 

O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotir. Yurtingizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasini shahar va qishloqlar qiyofasida, xalqning turmush farovonligida, jumladan, fuqarolarning saylovda mamnuniyat bilan qatnashayotgani yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekistonning jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash borasidagi tajribasi o‘rganishga loyiq. 

O'zA 

3847

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular