Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Terue Okada: “O‘zbekistonda mahalla instituti juda yaxshi rivojlangan”

Terue Okada, Tokio universitetining ilmiy xodimi (Yaponiya):

- Men ovoz berish jarayonini Toshkent shahridagi 288, 284, 297-saylov uchastkalarida kuzatdim. Ularning hammasida ushbu siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani yaqqol sezilib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonun hujjatlari, kitoblar, gazeta-jurnallar, nomzodlar haqidagi rang-barang ma’lumotlarni deyarli barcha jamoat joylarida – bozorlarda, transportda, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rish mumkin. 

Saylov jarayoni mamlakatingizdagi deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarda izchil yoritib borilayotgani, ovoz berish jarayonini esa minglab kuzatuvchilar, jumladan, YEXHT, SHHT, MDH kabi ko‘plab xalqaro tashkilotlarning vakillari, xorijlik jurnalistlar sinchkovlik bilan kuzatib borayotgani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ochiq-oshkoraligini va transparentligini to‘la ta’minlamoqda. 

Saylov uchastkalari komissiyalari vakillari ovoz berayotgan fuqarolarning barcha savollarga batafsil javob berishmoqda. Saylovchilar faollik bilan, emin-erkin ovoz bermoqda. 

O‘zbekistonda mahalla instituti juda yaxshi rivojlangan. Bu saylovchilar ro‘yxatini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ovoz berishga mo‘ljallangan shaffof qutilar ularga tashlangan bulletenlar miqdorini bemalol kuzatib borish imkonini beradi. Bunday sharoitni barcha taraqqiy etgan davlatlarda ham uchratish qiyin. 

Har bir davlatda demokratiya xalq manfaatlari, urf-odatlari, milliy o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Oylab davom etadigan mitinglar, ur-yiqitlar, andishasiz tortishuvlarni demokratiya deb bo‘ladimi? Sharq xalqlari, jumladan, yaponlar ham o‘zbeklar ham ziddiyat va muammolarni vazminlik bilan, o‘zaro hurmatni saqlagan holda hal qiladi. Bunday donolik, vazminlik, o‘zaro hurmat, uzoqni ko‘zlab ish tutish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ham yaqqol ko‘zga tashlangani e’tiborga molikdir. 

O'zA


4711

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular