Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Syuy Tao: “Saylovchilar uchun keng va qulay shart-sharoitlar yaratilgan”

Syuy Tao, Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro aloqalar instituti Markaziy Osiyo bo‘limining mudiri:

– Erta tongda Toshkent shahridagi 257- saylov uchastkasiga kelganimda u yer saylovchilar bilan gavjum ekanligining guvohi bo‘ldim. Saylovchilar uchun yaratilgan keng va qulay shart-sharoitlar meni hayratga soldi. Bir misol. Ayollar saylov uchastkasiga yosh bolasi bilan kelsa, u ovoz bergunicha farzandiga qarab turish uchun maxsus xona, saylovchi tibbiy yordamga ehtiyoj sezsa, tibbiyot xonasi tashkil etilgan. Saylov uchastkalaridagi tartib, xayrixoxlik va xushmuomalalik menga ma’qul bo‘ldi. 

Men mamlakatingizga ilgari ham bir necha marotaba kelganman. O‘zbekistonda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlarning yuksak samaralari hamda saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishman. Shu bois ovoz berish huquqi 18 yoshdan belgilanganini to‘g‘ri, deb hisoblayman. Chunki bu yoshda shaxsda atrof-muhit, jamiyat va odamlarga nisbatan mustaqil fikr shakllanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ochiq va oshkora, ko‘ppartiyaviylik va alternativ asosida o‘tayotganini, nomzodlar o‘rtasida sog‘lom raqobot muhiti, tenglik yaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Mazkur saylov yurtingizda demokratik tamoyillarga to‘liq amal qilinayotganligini yana bir bor namoyon etmoqda. 

O‘zA
 

2333

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular