Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Kuzatuvchi | Ro'yxatga o'tish

Sergey Lebedev: “Saylovchilar emin-erkin ovoz berayotganiga guvoh bo‘ldim”

Sergey Lebedev, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijroiya kotibi, MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari:

– O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonini kuzatishim shuni ko‘rsatdiki, bu siyosiy tadbirga mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Saylovchilarning ovoz berish jarayoni me’yorida davom etmoqda. Uchastkalarda saylov komissiyalari vakillari saylov yuksak darajada o‘tishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratgan. 

Saylovchilar emin-erkin ovoz berayotganiga guvoh bo‘ldim. Saylovchilar bilan muloqotlarimiz chog‘ida ular tomonidan hech qanday e’tiroz va shikoyatlar bildirilmadi. 

Fuqarolar saylovda faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlash joiz. Kunning birinchi yarmigacha saylovchilarning yarmi ovoz berib bo‘lgani e’tiborga sazovordir. Ularning barchasi saylov uchastkasida qanday ish yuritish kerakligini aniq biladi. Bu esa aholi o‘rtasida saylovga oid targ‘ibot va tashviqot ishlari yaxshi olib borilganidan dalolatdir. 

Saylov uchastkalarida boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar bilan uchrashib, fikrlashib turibmiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoniga ularning ham munosabatlari ijobiy. Hech himdan biror e’tiroz eshitganim yo‘q. 

O‘zA

2156

23Dekabr 2007



Dolzarb mavzular