Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Siyosiy partiyalar | Ro'yxatga o'tish

O`zbekiston Xаlq demokrаtik pаrtiyasi hаqidа

O`zbekiston Xаlq demokrаtik pаrtiyasi hаqidа

Bugungi kunda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ushbu saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod a’zolari bilan bormoqda. Partiya a’zolarini bevosita birlashtiradigan 9955 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatyapti.


Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyudagilardan iborat:

– Ozbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyojmand fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi qatlami, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan hamda k‘op bolali oilalar, pensionerlar va imkoniyati cheklangan kishilar.


Ozbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarning manfaatlarini ko‘zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o‘zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo‘llab-quvvatlashiga umid bog’laydi;

– katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarning kasb-hunar tanlashi, ta’lim olishi va o‘qishni bitirganidan keyin ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun adolatli, barcha uchun teng hamda ijtimoiy ochiq shart-sharoitlar yaratish; pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, ota-ona qaramog’idan mahrum bolalarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga kafolat beradigan pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalar tizimini shakillantirish;

– xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining hududiy ish o‘rinlari yaratish hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga moslashtirilgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash borasidagi tashabbuslarni yanada rivojlantirish; shu o‘rinda mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurs hamda talab asosida xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega.  Uning markaziy nashrlari:

– o‘zbek tilida chop etiladigan “O‘zbekiston ovozigazetasi;

– rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistanahaftaligi.


Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: www.xdp.uzinfo@xdp.uz.

22896




Dolzarb mavzular