Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Tarkib

АBDUSАLОMОV Mirzo-Ulug'bek Elchiyevich

АBDUSАLОMОV Mirzo-Ulug'bek Elchiyevich Komissiya Raisi

1952 yildа tug’ilgаn, оliy mа’lumоtli-Tоshkеnt dаvlаt univеrsitеtini tаmоmlаgаn. Mutaxassisligi - huquqshunоs, yuridik fаnlаr nоmzоdi. O’zbеkistоndа xizmаt ko’rsаtgаn yurist. 1995-2004 yillаr mоbаynidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy xo’jаlik sudining rаisi, 2004-2005 yillаrdа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyaviy sudi rаisi bo’lib ishlаgаn. 2005 yil 7 mаydаn buyon O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаrkаziy sаylоv kоmissiyasining Rаisi lаvоzimidа fаоliyat yuritib kеlmоqdа.

ISTAMOV Mahmud Shuxratovich

ISTAMOV Mahmud Shuxratovich Komissiya Raisining o'rinbosari

1979- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi –huquqshunos. Mehnat faoliyatini 2000- yilda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida katta maslahatchisi lavozimida boshlab, bir qator mas'ul lavozimlarda, 2006-2014 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni inspektori, yetakchi inspektori, 2014-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho'basi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho'basi mudiri, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o'rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2019- yil 23- iyuldan Markaziy saylov komissiyasi raisining o'rinbosari lavozimiga saylangan.

Mamatov Xudoyor Teshayevich

Mamatov Xudoyor Teshayevich Komissiya kotibi

1971- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi huquqshunos. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o'quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan. 2019- yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi, joriy yil 19- sentyabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, Kotibiyat rahbari etib saylandi.

KURBANKULOV Suyarjon Masharipovich

KURBANKULOV Suyarjon Masharipovich Komissiya a'zosi

1960- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. Toshkent viloyati «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi, «Mahalla» jamoat fondi rahbari, O'zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimlarida ishlagan. 2014- yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan. 2015- yil 3- fevraldan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, joriy yil 19- sentyabrdan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

RAXIMOVA Gyulnoza Abdusattarovna

RAXIMOVA Gyulnoza Abdusattarovna Komissiya a'zosi

1959- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko'p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas'ul lavozimlarda, 2010 yildan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi boshlig'i vazifasida faoliyat yuritgan. 2018- yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan. Shu yil 4- maydan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o'rinbosari, 2019- yil 23- iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich

Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich Komissiya a'zosi

1965- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Andijon paxtachilik institutini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-muhandis-mexanik. Andijon viloyati hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan. 2019- yil 24- avgustdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi etib saylangan.

Ibodullayev Adham Ibodullayevich

Ibodullayev Adham Ibodullayevich Komissiya a'zosi

1984- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Samarqand qishloq xo'jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya  hisobi va audit.  Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining Byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarini nazorat va profilaktika qilish yig'ma-tahlil boshqarmasi Byudjet qonunchiligi buzilish holatlarini tahlil qilish va profilaktikasini amalga oshirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2019- yil 24- avgustdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi etib saylangan.

АXMEDOVA Feruzаxon Solijonovnа

АXMEDOVA Feruzаxon Solijonovnа Komissiya a'zosi

1957 yildа tug’ilgаn, oliy mа’lumotli - Аndijon dаvlаt pedаgogikа institutini tаmomlаgаn. Mutaxassisligi - mаtemаtikа o’qituvchisi. 2007 yildа O’zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasining а’zosi etib sаylаngаn.

BABANAZAROVA Marinika

BABANAZAROVA Marinika Komissiya a'zosi

1955 yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universiteti, Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, san'atshunos. 1998 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.

BOBOJONOV Otagaldi

BOBOJONOV Otagaldi Komissiya a'zosi

1955 yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. 2001 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi etib saylangan.

Sahifalar: 1 2 3 След. Все

Dolzarb mavzular