Siyosiy partiyalar kuzatuvchilari saylov uchastkalarida
27.12.2009
Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 286-saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan ikki ming nafarga yaqin saylovchining yarmidan ko‘pi soat o‘n uchgacha ovoz berib bo‘ldi.
Mazkur saylov uchastkasida ham siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar faol ishtirok etmoqda.
- Saylov oshkoralik, ochiqlik, transparentlik va mavjud qonunchilik asosida o‘tmoqda, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan kuzatuvchi Ulug‘bek Abdullayev. – Biz, turli partiyalar vakillari, saylov kampaniyasi va bugungi ovoz berish jarayonini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Ayni paytgacha hech kimda e’tiroz tug‘ilgani yo‘q.
UzA
350 marta o`qilgan