O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
– O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib,
mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, bevosita
saylov jarayoni haqidagi fikrlarini so‘radi.
Lim Jong Myong, “Diplomasi” jurnali vitse-prezidenti (Janubiy Koreya):–
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovning dastlabki natijalariga
ko‘ra, qirqqa yaqin saylov okrugida deputatlikka nomzodlar yetarlicha
ovoz to‘play olmagan. Shu bois yaqin kunlarda bunday saylov okruglarida
qayta ovoz berish o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Respublikasining saylov
qonunchiligi, amaldagi saylov tizimi umume’tirof etilgan xalqaro
normalar – demokratiya, oshkoralik, muqobillik va ko‘ppartiyaviylik
tamoyillariga to‘liq mos kelishining amaldagi tasdig‘idir. Ayni paytda
bu jarayon ham jamoatchilikda, ham xalqaro hamjamiyatda
mamlakatingizning saylov tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishga
xizmat qiladi.
O‘zbekistonda o‘tgan ovoz berish jarayonini
Toshkent shahridagi 288, 297-saylov uchastkalarida kuzatdim. Ularning
hammasida ushbu siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani yaqqol
sezilib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti sayloviga oid
qonun hujjatlari, gazeta-jurnallar, plakatlar, nomzodlar haqidagi
boshqa rang-barang ma’lumotlarni deyarli barcha jamoat joylarida
ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda saylov tizimining menga yoqqan yana bir
jihati shuki, saylov kuni muayyan sabablarga ko‘ra saylov uchastkasiga
kela olmaydigan fuqarolarga maxsus ko‘chma quti olib boriladi va ularga
ovoz berish uchun imkoniyat yaratiladi. Inson manfaatlari va
huquqlariga hurmatning bunday yorqin ifodasini hech bir mamlakatda
uchratmagan edim.
Abdulqodir Al-Habibulla, siyosiy va moliyaviy tahlilchi (Saudiya Arabistoni):–
Marg‘ilon shahridagi qator saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish
jarayonlarini kuzatib, uning demokratik normalarga to‘la muvofiq
o‘tganiga ishonch hosil qildim. Saylov uchastkalarida saylovchilarning
o‘z xohish-irodasini erkin amalga oshirishi uchun xalqaro talablar
darajasida imkoniyat va sharoit yaratilgan. Shuning o‘zi O‘zbekiston
taraqqiyotning to‘g‘ri yo‘lini tanlagani va bu yo‘ldan dadil
borayotganini ko‘rsatib turibdi.
Saylov kuni ko‘rsatilgan
nomzodlar yetarlicha ovoz to‘play olmagan okruglarda eng ko‘p ovoz
olgan deputatlikka ikki nomzod bo‘yicha qayta ovoz berilishi
mamlakatingizda shakllangan demokratik tamoyillarning amaldagi yana bir
yorqin namunasidir.
Vasiliy Volkov, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi:–
Ko‘p mamlakatlarda o‘tkazilgan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok
etganman. Tan olish kerak, mamlakatingizda saylovda kuzatuvchilar uchun
barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda parlament
saylovi oshkora, demokratik normalarga mos o‘tdi. Toshkent shahri va
viloyatidagi o‘n beshga yaqin saylov uchastkasida bo‘lib, saylov
jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Yuksak saviyada jihozlangan saylov
uchastkalari menda havas uyg‘otdi. Saylov jarayonlarida hech qanday
kamchilik ko‘rmadim.
Nomzodlar yetarli miqdorda ovoz to‘play
olmagan saylov okruglarida qayta ovoz berish o‘tkazilishi xalqaro
andozalarga to‘liq mos kelishi barobarida O‘zbekiston saylov tizimining
nechog‘li ishonchli, to‘g‘ri va odilona ishlab chiqilganidan
dalolatdir.
Safo Mahmud Al-Janabiy, “Orient Consulting & Legal Translation” kompaniyasi bosh direktori (Birlashgan Arab Amirliklari):–
Demokratiyaning muhim instituti bo‘lgan saylov xalqning o‘z
xohish-irodasini erkin bildirishi, siyosiy hayotda, jamiyat va davlat
boshqaruvida faol ishtirok etishining asosiy vositasidir. Saylov kuni
bir nechta uchastkalarda bo‘ldim. Mamlakatingiz parlamentiga saylov
uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Bunga har bir saylov uchastkasida guvoh
bo‘lish mumkin edi.
Saylovchilar erkin, yashirin ravishda ovoz
berdi. Shuni alohida ta’kidlamoq joizki, mamlakatingizda saylovning
ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tgani, har bir fuqaroning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi uning demokratik tamoyillarga, xalqaro
normalarga mosligidan dalolat.
Pak Mu-Jong, “Korea Times” gazetasi prezidenti (Koreya):–
Nomzodlar yetarlicha ovoz to‘play olmagan ba’zi saylov okruglarida
yaqin kunlarda qayta ovoz berish o‘tkazilishi O‘zbekiston saylov
tizimining eng demokratik jihatlaridandir.
O‘zbekiston
Respublikasining saylov qonunchiligi bilan chuqur tanishdim. U har
tomonlama mukammal va xalqaro andozalarga to‘liq javob beradi. Huquqiy
zamini mustahkam bo‘lgani uchun ham O‘zbekiston Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasiga saylov yuqori saviyada, qonuniylik,
ko‘ppartiyaviylik, muqobillik va adolat asosida o‘tdi. Ko‘plab
uchastkalarda bo‘lib, bunga shaxsan to‘la ishonch hosil qildim.
Saylovchilar
fuqaro sifatida o‘z huquqini erkin amalga oshirdi. Bu jarayonda ularga
tashqaridan ta’sir qilish, aralashish holatlari umuman kuzatilmadi.
Deputatlikka nomzodlar orasida xotin-qizlar vakilalarining ko‘pligi ham
O‘zbekistonda qaror topgan demokratiyaning eng gumanistik
jihatlaridandir.
UzA