O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè




“Yurtingizda onalik va bolalik muhofazasiga e’tibor juda kuchli”
27.12.2009
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Manabu Shimizu, Taykyo universiteti professori (Yaponiya):

– Navoiy shahridagi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 34-saylov okrugiga qarashli sakkizta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini e’tibor bilan kuzatdim. Saylovchilar tadbirda faol qatnashdi.

Saylovning tinch va osoyishta, demokratik tamoyillarga muvofiq o‘tgani mazkur siyosiy jarayonga katta hozirlik ko‘rilganidan dalolat. Kuzatishlarim asosida aytamanki, O‘zbekistonda saylov tizimi tobora rivojlanib va takomillashib bormoqda.

Yurtingizda onalik va bolalik muhofazasiga e’tibor juda kuchli ekan. Masalan, saylov uchastkalarida onalar va bolalar uchun maxsus xonalar tayyorlanib, jihozlab qo‘yilganini ko‘rib, juda havasim keldi. Qayerda ona va bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilsa, o‘sha joyda ezgulik va farovonlik barqaror bo‘ladi.

Barcha demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora tarzda o‘tgan ushbu siyosiy tadbir saylov tizimini shakllantirish borasida O‘zbekistonda o‘rgansa arzigulik tajriba ko‘pligiga yana bir bor ko‘rsatdi.

UzA

376 marta o`qilgan



Ðàçðàáîòêà UZINFOCOM
Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER