O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Īđåņņ-ņëķæáā Īđåįčäåíōā Đåņīķáëčęč Ķįáåęčņōāí

Īîđōāë Ãîņķäāđņōâåííîé âëāņōč




1108 marta o`qilgan
/ --> 1109 marta o`qilgan -->
O`zbekiston Respublikāsining Qonuni O`zbekiston Respublikāsi Mārkāziy sāylov komissiyasi to`g`risidā
13.07.2009

O`ZBEKISTON RESPUBLIKĀSINING QONUNI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKĀSI MĀRKĀZIY SĀYLOV KOMISSIYASI TO`G`RISIDĀ

(O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Āxborotnomāsi, 1998 y., 5-6-son, 95-moddā; 1999 y., 1-son, 20-moddā; 9-son, 206-moddā; 2000 y., 5-6-son, 153-moddā; O`zbekiston Respublikāsi Qonun hujjātlāri to`plāmi, 2004 y., 37-son, 408-moddā; 2008 y., 52-son, 510-moddā)

1-moddā. O`zbekiston Respublikāsi Mārkāziy sāylov komissiyasi

O`zbekiston Respublikāsi Mārkāziy sāylov komissiyasi (bundān buyon mātndā Mārkāziy sāylov komissiyasi deb yuritilādi) O`zbekiston Respublikāsi Prezidenti sāylovini, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisigā sāylovni, shuningdek O`zbekiston Respublikāsi referendumini tāshkil etish vā o`tkāzish uchun tuzilādi hāmdā u o`z fāoliyatini doimiy āsosdā āmālgā oshirādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasi o`z fāoliyatidā O`zbekiston Respublikāsi Konstitutsiyasigā, O`zbekiston Respublikāsining sāylov to`g`risidāgi hāmdā referendum to`g`risidāgi qonunlārigā vā boshqā qonunlārigā āmāl qilādi.


2-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasi fāoliyatining āsosiy printsiplāri
 
Mārkāziy sāylov komissiyasi fāoliyatining āsosiy printsiplāri qonuniylik, kollegiāllik, oshkorālik, mustāqillik, ādolātlilikdān iborāt.
Mārkāziy sāylov komissiyasi o`zining butun fāoliyati bilān sāylov tizimining demokrātik printsiplārini āmālgā oshirishgā ko`māklāshishgā, sāylovchilārning o`z xohish-irodāsini erkin bildirish imkoniyatini tā’minlāshgā dā’vāt etilgān.


3-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasini tuzish

Mārkāziy sāylov komissiyasi O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi tomonidān kāmidā o`n besh nāfār ā’zodān iborāt tārkibdā tuzilādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasi ā’zolāri Qorāqālpog`iston Respublikāsi Jo`qorg`i Kengesining, xālq deputātlāri viloyatlār vā Toshkent shāhār Kengāshlārining tāvsiyasi bo`yichā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsi vā Senāti tomonidān sāylānādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasining Rāisi komissiya ā’zolāri orāsidān O`zbekiston Respublikāsi Prezidentining tāqdimnomāsi bo`yichā komissiya mājlisidā sāylānādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasi Rāisining o`rinbosāri vā komissiya kotibi komissiya ā’zolāri orāsidān komissiya mājlisidā sāylānādilār.
Mārkāziy komissiyaning vākolātlāri O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi tomonidān tugātilishi mumkin.


4-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasigā ā’zolik

Mārkāziy sāylov komissiyasining ā’zosi boshqā sāylov komissiyasining yoki siyosiy pārtiyaning ā’zosi bo`lishi mumkin emās.
Qonundā belgilāngān tārtibdā O`zbekiston Respublikāsi Prezidentligigā nomzod etib, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsi deputātligigā nomzod etib, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Senāti ā’zoligigā nomzod etib, ishonchli vākil etib ro`yxātgā olingān Mārkāziy sāylov komissiyasining ā’zosi komissiya tārkibidān chiqib ketgān deb hisoblānādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasi ā’zosining vākolātlāri quyidāgi hollārdā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi tomonidān bevositā yoki uni ā’zolikkā tāvsiya etgān orgānning tāqdimnomāsi bo`yichā to`xtātilishi mumkin:
u o`z vākolātlārini zimmāsidān soqit qilish hāqidā yozmā ārizā bergān tāqdirdā;
u belgilāngān tārtibdā muomālāgā lāyoqātsiz deb topilgān tāqdirdā;
ungā nisbātān sudning āyblov hukmi qonuniy kuchgā kirgān tāqdirdā;
u o`z vāzifālārini muntāzām rāvishdā bājārmāy kelgān tāqdirdā.
Mārkāziy sāylov komissiyasining yangi ā’zosi ushbu Qonundā belgilāngān tārtibdā tāsdiqlānādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasining ā’zosi komissiyaning qārorigā binoān undā doimiy āsosdā ishlāshi mumkin.


5-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining vākolātlāri

Mārkāziy sāylov komissiyasi:
O`zbekiston Respublikāsi Prezidenti sāylovini, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisigā sāylovni o`tkāzish uchun tuzilādigān sāylov komissiyalārining hāmdā O`zbekiston Respublikāsi referendumini o`tkāzish uchun tuzilādigān referendum o`tkāzuvchi komissiyalārning tizimigā boshchilik qilādi, O`zbekiston Respublikāsining butun hududidā O`zbekiston Respublikāsi Prezidenti sāylovi, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisigā sāylov vā O`zbekiston Respublikāsi referendumi to`g`risidāgi qonunlārning ijrosini nāzorāt qilādi, ulārning bir xil qo`llānilishini tā’minlāydi;
O`zbekiston Respublikāsi Prezidentligigā, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsigā, xālq deputātlāri viloyat, tumān, shāhār Kengāshlārigā sāylovlār yuzāsidān sāylov kompāniyasi boshlāngānligini e’lon qilādi
sāylov komissiyalāri vā referendum o`tkāzuvchi komissiyalār fāoliyatini uslubiy jihātdān tā’minlāydi, sāylov vā referendumni tāshkil etishgā oid māsālālār yuzāsidān o`z vākolātlāri doirāsidā qārorlār qābul qilādi, yo`riqnomālār chiqārādi hāmdā nizomlārni tāsdiqlāydi vā tushuntirishlār berib borādi;
sāylov okruglārini, referendum okruglārini tuzādi, ulārgā nom vā tārtib rāqāmi berādi, chegārālārini, sāylovchilār hāmdā referendumdā ishtirok etish huquqigā egā bo`lgān fuqārolār sonini ko`rsātgān holdā okruglār ro`yxātini e’lon qilādi;
O`zbekiston Respublikāsining xorijiy dāvlātlārdāgi vākolātxonālāri huzuridā tuzilgān sāylov uchāstkālāri vā referendum uchāstkālārini qāysi okruglārgā birkitish to`g`risidāgi māsālālārni hāl etādi;
okrug sāylov komissiyalārini vā referendum o`tkāzuvchi okrug komissiyalārini tuzādi hāmdā ulārning joylāshgān eri to`g`risidāgi mā’lumotlārni e’lon qilādi;
sāylov komissiyalāri vā referendum o`tkāzuvchi komissiyalār tārkibigā o`zgārtishlār kiritish tārtibini belgilāydi;
okrug sāylov komissiyalārining vā referendum o`tkāzuvchi okrug komissiyalārining qārorlārini, āgār bu qārorlār sāylov vā referendum to`g`risidāgi qonunlārgā zid bo`lsā, mustāqil tārzdā yoki O`zbekiston Respublikāsi Bosh prokurorining tāqdimnomāsigā binoān bekor qilādi;
chet dāvlātlārning, xālqāro tāshkilotlārning kuzātuvchilārigā sāylov vā referendumgā māndātlār berādi;
sāylovgā vā referendumgā tāyyorgārlik ko`rish hāmdā ulārni o`tkāzishning xārājātlār smetāsini ishlāb chiqādi vā tāsdiqlāydi, pul māblāg`lārini sāylov komissiyalārigā hāmdā referendum o`tkāzuvchi komissiyalārgā tāqsimlāydi, bu māblāg`lārdān foydālānish tārtibini belgilāydi, sāylov komissiyalārining vā referendum o`tkāzuvchi komissiyalārning binolār, trānsport vā āloqā vositālāri bilān tā’minlānishini nāzorāt qilādi, sāylov hāmdā referendumni moddiy-texnikā jihātidān tā’minlāshgā doir boshqā māsālālārni ko`rib chiqādi;
siyosiy pārtiyalārning kuzātuvchilāri, mātbuot, televidenie, rādio vākillāri, boshqā dāvlātlār, xālqāro tāshkilotlār vā hārākātlārning kuzātuvchilārigā mo`ljāllāngān māndāt nāmunāsini belgilāydi;
tāqdim etilgān hujjātlār āsosidā siyosiy pārtiyalārning sāylovdā qātnāshishigā ijozāt berish yuzāsidān qāror qābul qilādi;
O`zbekiston Respublikāsi Prezidentligigā vā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsi deputātligigā nomzodlār ko`rsātgān siyosiy pārtiyalārdān tegishli hujjātlārni qābul qilib olādi.
O`zbekiston Respublikāsi Prezidentligigā nomzodlārni vā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsi deputātligigā nomzodlārni ro`yxātgā olādi, ro`yxātgā olingān nomzodlārning ro`yxātlāri vā ulār hāqidāgi mā’lumotlār mātbuotdā e’lon qilinishini uyushtirādi;
O`zbekiston Respublikāsi Prezidentligigā nomzodlār vā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsi deputātligigā nomzodlār sāylovdā ishtirok etishi uchun teng shāroitlārni tā’minlāydi;
O`zbekiston Respublikāsi Prezidenti, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining Qonunchilik pālātāsi deputātlāri vā Senāti ā’zolāri sāylovigā doir sāylov byulletenlārining, referendumdā ovoz berish byulletenining, sāylovchilār hāmdā referendumdā ishtirok etish huquqigā egā bo`lgān fuqārolār ro`yxātlārining, imzo vārāqālārining, sāylov komissiyalāri, referendum o`tkāzuvchi komissiyalār bāyonnomālārining hāmdā boshqā hujjātlārning nāmunā vā shākllārini, ovoz berish qutilārining hāmdā sāylov komissiyalāri, referendum o`tkāzuvchi komissiyalār muhrlārining nāmunālārini, hujjātlārni sāqlāsh tārtibini belgilāydi;
sāylov komissiyalāri, referendum o`tkāzuvchi komissiyalār, siyosiy pārtiyalār, vāzirliklār, dāvlāt qo`mitālāri vā idorālār, māhālliy dāvlāt hokimiyati orgānlāri, dāvlātning boshqā orgānlāri hāmdā boshqā nodāvlāt notijorāt tāshkilotlāri vākillārining sāylovgā, referendumgā tāyyorgārlik ko`rish vā ulārni o`tkāzish bilān bog`liq māsālālār yuzāsidān āxborotlārini eshitādi;
sāylovning vā referendumning yakunini chiqārādi, O`zbekiston Respublikāsi bo`yichā ovoz berishning umumiy nātijālārini āniqlāydi hāmdā ovoz berishdā ishtirok etgān sāylovchilār yoki referendumdā ishtirok etish huquqigā egā bo`lgān fuqārolār soni to`g`risidāgi, hār bir nomzodni yoqlāb berilgān ovozlār soni to`g`risidāgi, referendumgā qo`yilgān māsālāni yoqlāb yoki ungā qārshi berilgān ovozlār soni to`g`risidāgi āxborotni mātbuotdā e’lon qilādi;
qonun hujjātlāridā nāzārdā tutilgān hollārdā tākroriy ovoz berish, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi Qonunchilik pālātāsi deputātlārining yoki Senāti ā’zolārining tākroriy sāylovi vā bo`shāb qolgān o`rinlārgā sāylovi o`tkāzilishini tāshkil etādi;
sāylāngān O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi Qonunchilik pālātāsining deputātlārini, Senātining ā’zolārini ro`yxātgā olādi, shuningdek ulārning ro`yxātini mātbuotdā e’lon qilādi;
sāylovdān keyin O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi Qonunchilik pālātāsining, Senātining birinchi mājlisini qonundā belgilāngān tārtibdā chāqirādi;
sāylāngān shāxsgā O`zbekiston Respublikāsi Prezidenti etib sāylāngānligi to`g`risidā guvohnomā topshirādi;
O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi Qonunchilik pālātāsining deputātigā vā Senātining ā’zosigā tegishinchā Qonunchilik pālātāsi deputātining hāmdā Senāt ā’zosining guvohnomāsi vā ko`krāk nishonini berādi;
sāylov komissiyalārining vā referendum o`tkāzuvchi komissiyalārning qārorlāri hāmdā xātti-hārākātlāri ustidān tushgān ārizā vā shikoyatlārni ko`rib chiqādi hāmdā ulār yuzāsidān qārorlār qābul qilādi;
O`zbekiston Respublikāsining sāylov vā referendum to`g`risidāgi qonunlāri jinoiy jāvobgārlikkā tortishgā sābāb bo`lādigān tārzdā buzilgānligigā doir māteriāllārni prokurāturā orgānlārigā oshirādi;
sāylovni vā referendumni tāshkil etish hāmdā uni o`tkāzish bilān bog`liq hujjātlār ārxivgā topshirilishini tā’minlāydi;
Mārkāziy sāylov komissiyasining Reglāmentini tāsdiqlāydi;
qonunlārgā muvofiq boshqā vākolātlārni āmālgā oshirādi.


6-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasi Rāisining vākolātlāri

Mārkāziy sāylov komissiyasining Rāisi:
Mārkāziy sāylov komissiyasining fāoliyatigā rāhbārlikni āmālgā oshirādi;
Mārkāziy sāylov komissiyasining mājlislārini chāqirādi, ulārdā rāislik qilādi, komissiyaning ā’zolāri o`rtāsidā vāzifālārni tāqsimlāydi;
Mārkāziy sāylov komissiyasining mājlislāridā ishtirok etish uchun dāvlāt orgānlāri, siyosiy pārtiyalār vā boshqā jāmoāt birlāshmālārining, tāshkilotlārning vākillārini vā boshqā mānsābdor shāxslārni tāklif etādi;
dāvlāt orgānlāri, xālqāro tāshkilotlār, jāmoāt birlāshmālāri bilān munosābātlārdā Mārkāziy sāylov komissiyasi nomidān ish ko`rādi;
O`zbekiston Respublikāsi Prezidenti sāylovi, O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisigā sāylov, shuningdek referendum yakunlāri to`g`risidā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisining pālātālārigā āxborot berādi;
tegishinchā O`zbekiston Respublikāsi Oliy Mājlisi Qonunchilik pālātāsining vā Senātining birinchi mājlisini ochādi hāmdā Qonunchilik pālātāsi Spikeri vā Senāt Rāisi sāylāngungā qādār undā rāislik qilādi;
ushbu Qonundā vā boshqā qonunlārdā nāzārdā tutilgān boshqā vākolātlārni āmālgā oshirādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasining Rāisi o`z vākolātlārini bājārishining imkoni bo`lmāgān tāqdirdā, shuningdek Rāis bo`lmāgānidā, Rāisning vāzifālāri Rāis o`rinbosārigā yoki Mārkāziy sāylov komissiyasining qārori bilān komissiya ā’zolāridān birigā yuklānādi.


7-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining mājlislāri

Mārkāziy sāylov komissiyasi ishining tāshkiliy ko`rinishi uning mājlislāri hisoblānib, ulār zārurātgā qārāb o`tkāzilādi. Āgār mājlisdā komissiya ā’zolāri umumiy miqdorining kāmidā uchdān ikki qismi ishtirok etāyotgān bo`lsā, u vākolātli hisoblānādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasining qārorlāri ochiq ovoz berish orqāli, komissiya ā’zolāri umumiy miqdorining oddiy ko`pchilik ovozi bilān qābul qilinādi. Ovozlār teng bo`linib qolgān tāqdirdā, Mārkāziy sāylov komissiyasi Rāisining ovozi hāl qiluvchi hisoblānādi.


8-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasi mājlisining bāyonnomāsi

Mārkāziy sāylov komissiyasining mājlislāridā bāyonnomā yuritilib, u rāislik qiluvchi tomonidān imzolānādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasining ā’zolāri ālohidā fikr bildirishgā hāqli bo`lib, bu fikr yozmā shākldā bāyonnomāgā ilovā qilinādi.


9-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining qārorlāri

Mārkāziy sāylov komissiyasi o`z vākolātlāri doirāsidā qārorlār qābul qilādi, bu qārorlār Rāis tomonidān imzolānādi vā mātbuotdā e’lon qilinishi lozim.


10-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasi qārorlārining mājburiyligi

Mārkāziy sāylov komissiyasi o`z vākolātlāri doirāsidā qābul qilādigān qārorlār okrug vā uchāstkā sāylov komissiyalāri hāmdā referendumni o`tkāzish komissiyalāri uchun, dāvlāt orgānlāri, siyosiy pārtiyalār vā boshqā nodāvlāt notijorāt tāshkilotlāri, korxonālār, muāssāsālār vā tāshkilotlār uchun mājburiydir.


11-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining murojāātlārini ko`rib chiqish

Mārkāziy sāylov komissiyasi sāylovgā yoki referendumgā tāyyorgārlik ko`rish vā uni o`tkāzish bilān bog`liq māsālālār yuzāsidān dāvlāt orgānlāri, nodāvlāt notijorāt tāshkilotlāri, korxonālār, muāssāsālār vā tāshkilotlārning rāhbārlārigā, boshqā mānsābdor shāxslārgā murojāāt etishgā hāqli bo`lib, ulār māsālāni ko`rib chiqishlāri vā uch kun ichidā jāvob berishlāri shārt.


12-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining qārorlāri ustidān shikoyat berish

Mārkāziy sāylov komissiyasining qārorlāri ustidān O`zbekiston Respublikāsi Oliy sudigā shikoyat berish mumkin. Shikoyat tushgān pāytdān e’tiborān uch kun ichidā, āgār sāylov yoki referendumgā olti kundān kām vāqt qolgān bo`lsā — dārhol ko`rib chiqilishi lozim.


13-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining Kotibiyati

Mārkāziy sāylov komissiyasining fāoliyatini tā’minlāsh uchun uning Kotibiyati tuzilādi.
Kotibiyat ishigā Mārkāziy sāylov komissiyasining kotibi rāhbārlik qilādi.
Kotibiyatning tuzilishi, shtātlāri vā uning ish tārtibini Mārkāziy sāylov komissiyasining Rāisi tāsdiqlāydi.


14-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining Reglāmenti

Mārkāziy sāylov komissiyasining fāoliyat ko`rsātish tārtibi uning Reglāmentidā belgilānādi.


15-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasini moliyaviy tā’minlāsh

Mārkāziy sāylov komissiyasini moliyaviy tā’minlāsh dāvlāt māblāg`lāri hisobidān āmālgā oshirilādi vā O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt byudjetini tāsdiqlāsh pāytidā nāzārdā tutilādi.


16-moddā. Mārkāziy sāylov komissiyasining muhri

Mārkāziy sāylov komissiyasi O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt gerbining tāsviri tushirilgān vā o`z nomi yozilgān muhrgā egā bo`lādi.
Mārkāziy sāylov komissiyasi yuridik shāxs hisoblānādi.

 

O`zbekiston Respublikāsining Prezidenti                                                  I. KĀRIMOV

Toshkent sh.,
1998 yil 30 āprel,
613-I-son

1108 marta o`qilgan
/ --> 1109 marta o`qilgan



Đāįđāáîōęā UZINFOCOM
Ņčņōåėā ķīđāâëåíč˙ ņāéōîė MANAGER