Bugun sàylov màvzusidàgi sàvollàrgà O`zbekiston Respublikàsi Màrkàziy sàylov komissiyasi màtbuot màrkàzi ràhbàri Beruniy ÀLIMOV jàvob beràdi
- Àgàr sog`lig`im tufàyli sàylov uchàstkàsigà borà olmàsàm, undà men qàndày ovoz beràmàn?
- "Fuqàrolàr sàylov huquqlàrining kàfolàtlàri to`g`risidà"gi O`zbekiston Respublikàsi Qonunining 19-moddàsigà àsosàn, sàlomàtligining holàti yoki boshqà sàbàblàrgà ko`rà ovoz berish binosigà kelà olmàydigàn sàylovchilàr uchàstkà sàylov komissiyasigà tegishli iltimos bilàn murojààt etish huquqigà egà, bu komissiya ovoz berishni ànà shu sàylovchilàr turgàn joydà tàshkil etishi shàrt.
Markaziy saylov komissiyasi navbatdagi majlisini o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 5 oktabr kuni navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Toshkentda 5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish bo‘yicha saylovchilar tashabbuskor guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqiga nafaqat mamlakatda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, balki bevosita fuqarolar ham egadir. Ular o‘zlarining ushbu huquqini saylovchilar tashabbuskor guruhlarini tuzish orqali amalga oshirishi mumkin.
O‘zLiDeP Siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda 4 oktabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Siyosiy kengashi, parlamentdagi fraksiyasi a’zolari, mazkur partiyaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari va faollari ishtirok etdi.
XDP Markaziy kengashi plenumi
Bo‘lajak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish yo‘lidagi muhim bosqichdir. Ko‘ppartiyaviylik sharoitida o‘tkazilayotgan mazkur saylov kampaniyasi mamlakatimizda demokratik jamiyat izchil shakllanib, fuqarolar siyosiy ongi o‘sib borayotganining yaqqol dalilidir. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi shundan kelib chiqqan holda, saylov kampaniyasida faol ishtirok etish zarur va bu kampaniya partiya uchun jiddiy siyosiy sinov bo‘ladi, deb hisoblaydi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining plenumi
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining Toshkentda 2 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan plenumida ushbu partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtiroki to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unda mazkur partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.
Fidokorlar MDP Markaziy kengashi majlisi
Toshkentda 29 sentabr kuni Fidokorlar milliy demokratik partiyasi Markaziy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining plenumi
Toshkentda 28 sentabr kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum ishida partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.