O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè




Markaziy saylov komissiyasi: saylovchilarning 57,3 foizi ovoz berib bo‘ldi
27 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bayon qildiki, soat 6.00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo‘yicha barcha saylov okruglarida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 38-moddasiga binoan barcha 8447 ta saylov uchastkasi, shu jumladan mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi ochildi, ayni paytda ular bilan muntazam aloqa o‘rnatilgan.

27.12.2009 | Batafsil


Bugungi saylovlar kelajakda yuksak samaralar beradi

Amar Abdulrahmon Zunnun Al-Sanjariy, «Al-Bayan» markaziy nashriyoti byurosi rahbari (Birlashgan Arab Amirliklari):

– Mamlakatingizda o‘tayotgan parlament saylovlarini diqqat bilan kuzatar ekanman, u demokratiyaning barcha tamoyillariga to‘liq mos kelishiga ishonch hosil qildim. Mamlakatingizni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning ishtiroki kuchaygani demokratiyaning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Yurtingizda fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit, huquqiy asoslar yaratilgan.

27.12.2009 | Batafsil


O‘zbekiston Ekologik harakatining parlament sayloviga bag‘ishlangan konfrensiyasi

Toshkentda O‘zbekiston Ekologik harakatining mamlakatimiz parlametining Qonunchilik palatasiga 15 deputatni saylashga bag‘ishlangan konfrensiyasi davom etmoqda. Unda Ekologik harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘limlaridagi konferensiyalarida saylangan delegatlar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari, mahalliy va chet ellik kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

27.12.2009 | Batafsil


Siyosiy partiyalar kuzatuvchilari saylov uchastkalarida

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 286-saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan ikki ming nafarga yaqin saylovchining yarmidan ko‘pi soat o‘n uchgacha ovoz berib bo‘ldi.

27.12.2009 | Batafsil


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ovoz berdi

2009 yil 27 dekabr. Bu kun biz siyosiy, iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlab, hech kimdan kam bo‘lmagan farovon hayot kechirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan xalq sifatida xalqaro maydonda o‘zimizning siyosiy yetukligimizni yana bir bor namoyish etdik. Shu kuni mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.


27.12.2009 | Batafsil


Xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi

Samarqand shahridagi saylov uchastkalarida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashiga saylov qizg‘in davom etmoqda. Shahardagi 85-saylov uchastkasida 2330 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.

27.12.2009 | Batafsil


“O‘zbekistonning xalqaro nufuzi oshib bormoqda”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

27.12.2009 | Batafsil


Màrkàziy sàylov komissiyasi ràisi M.Àbdusàlomovning màhàlliy và xorijiy ommàviy àxborot vositàlàri vàkillàri uchun o’tkàzilàdigàn brifingdàgi mà’ruzàsi



2009 yil 27 dekàbr O’zR MSK Màtbuot màrkàzi 13.00


27.12.2009 | Batafsil


Puxta hozirlikning yuksak samarasi

Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov qizg‘in davom etmoqda.

– Viloyatimizda ushbu muhim siyosiy tadbirga jiddiy hozirlik ko‘rilgani bugun o‘z samarasini berayotir, – deydi viloyat saylov komissiyasining raisi Abdug‘ulom Sultonov. – Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 12, viloyat kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 saylov okrugi hamda 654 saylov uchastkasi tuzilgan. Viloyatimizda 1 million 575 ming 824 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.

27.12.2009 | Batafsil


“Saylov demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tmoqda”

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boshlangan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 300 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib borayotir. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatimiz saylov tizimi, parlament sayloviga tayyorgarlik, saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

27.12.2009 | Batafsil


Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44




Ðàçðàáîòêà UZINFOCOM
Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER