O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè




Saylov qonunchiligiga oid yangi nashr
12.05.2011
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga sharh nashr qilindi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taklif etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida saylovlar amaldagi huquqiy normalarni demokratik ruhda namoyon etishi, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalashi, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli ekani alohida ta’kidlangan. Ayni paytda har bir fuqaroning saylov qonunchiligini yaxshi bilishi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi dotsenti G.Ismoilova va Toshkent davlat yuridik instituti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti G.Malikova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining “Davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilish va ularning o‘zaro munosabatlari konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” loyihasi doirasida tayyorlangan mazkur nashr ham ayni shu maqsadga xizmat qiladi.

Yangi nashrda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha qonunchilik normalari atroflicha tushuntirilgan. Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasi davrida teng sharoitlar yaratish, ularning saylovoldi tashviqotini ruxsat etilgan shakl va usullardan foydalangan holda amalga oshirishiga ko‘maklashish, ovoz berishni tashkil etish, natijalarini aniqlash, saylov kampaniyasini moliyalashtirish hamda boshqa shu kabi jarayonlarga oid muayyan qonun normalariga ilmiy asoslangan sharhlar berilgan.

Ushbu sharh saylov tashkilotchilari va ishtirokchilari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.


O‘zA

151 marta o`qilgan



Ðàçðàáîòêà UZINFOCOM
Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER