O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè




Sàylov qonunchiligi tàkomillàshuvigà bàg`ishlàngàn seminàr
08.04.2011
Prezidentimiz Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida caylovlar – yurtimizda amaldagi huquqiy normalarning demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, g‘oyat muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masala ekanini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish – davr talabi” mavzuidagi seminarda davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ilgari surilgan saylovga oid milliy qonunchiligimizni yanada takomillashtirish borasidagi taklif va g‘oyalar, belgilab berilgan dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining olim va mutaxassislari, yoshlar tashkilotlarining faollari, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari F.Muhammadjonova istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va boshqa sohalarida islohotlarning izchil amalga oshirilishi samarasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va yuksak demokratik talablarga to‘la mos keladigan saylov tizimi shakllantirilgani, fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladilar.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Q.Tog‘ayev “O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirishning ahamiyati” mavzuida ma’ruza qildi.

Davlatimiz mustaqilligining yigirma yillik davrida yurtimizda demokratik saylov tizimi shakllantirilganligi, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi boshchiligida hokimiyat vakillik organlariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni ta’minlovchi saylov komissiyalarining yaxlit mustaqil tizimi tashkil topganligi saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro me’yorlarga amal qilgan holda, ochiqlik, oshkoralik sharoitida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazish imkonini bermoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan Konsepsiyada ilgari surilgan ustuvor vazifalar barcha jabhalarni isloh etish va demokratlashtirish jarayonlari kabi saylov qonunchiligini ham yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi pallasida saylov tizimini yanada liberallashtirish, saylov jarayonlari ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin va mustaqil bildirishi uchun mavjud mexanizmlarni takomillashtirishda muhim omil bo‘layotir.

Seminarda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga batafsil javoblar qaytarildi.


Màrkàziy sàylov komissiyasi Màtbuot xizmàti

205 marta o`qilgan



Ðàçðàáîòêà UZINFOCOM
Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER