Maqolalar
SAYLOVCHILAR RO‘YXATI - TENGLIK TAMOYILINI RO‘YOBGA CHIQARISHNING MUHIM OMILI 2021-05-14

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksiga muvofiq bo‘lib o‘tadi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov huquqiga ega bo‘lgan har bir yurtdoshimizning saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi muhim ahamiyatga ega.

Prezident saylovi va yoshlar faolligi 2021-05-04

Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam.

YANGI SAYLOVLAR: QONUNChILIKDAGI MUHIM O‘ZGARISH 2021-03-03

Davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda, xalqimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishda, jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi.

Saylov qonunchiligi va amaliyoti: TAKOMILDA HIKMAT KO‘P 2021-02-25

Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim afzalliklaridan bir shundaki, nafaqat qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, balki mavjud muammo va kamchiliklar ham baralla aytilib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olinmoqda.

Milliy saylov qonunchiligining sifat jihatidan yangi bosqichi 2021-02-25

​​​​​​​O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakat ijtimoiy xayotining turli sohalarida adolatli, insonparvar islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ushbu islohotlarning huquqiy zaminini puxta ishlab chiqishga hamda uni davlat va jamiyat hayotida tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, poydevori pishiq bo‘lgan imorat asrlar osha bo‘ycho‘zib turganidek, puxta huquqiy zaminga ega islohotlar ham yuz yillab jamiyat xayotida, insonlar xayotida ijobiy o‘zgarishlarga, farovonlik va taraqqiyotga xizmat qiladi.

SAYLOV QONUNCHILIGI VA AMALIYOTI: SAYLOV HUQUQINING YANGI KAFOLATLARI 2021-02-16

“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” ezgu g‘oyasi atrofida birlashib, yuksak maqsad – demokratik va erkin yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalqimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.

MARDLIK VA MATONAT MEZONLARI 2021-01-14

Agar bir imoratni qismlarga ajratib qaraydigan bo‘lsak, uning poydevori betondan, sinchi yog‘ochdan, devori pishiq g‘ishtdan, tomi taomilga ko‘ra yopilgan bo‘lsa – binoning mustahkam ekaniga imon keltiramiz. Chunki mezonlar xuddi mana shunday xulosa berishimizga asos bo‘ladi. Mabodo mana shu qiyosimizni insonning mardlik va matonat singari fazilatlariga nisbatan qo‘llasak-chi! Bunda bu xislatlarning metin kabi mustahkamligini qaysi o‘lchovlarga asoslanib xulosa qilishimiz mumkin?

SAYLOV QONUNCHILIGI: SOBITQADAMLIK SAMARALARI 2020-12-22

Mamlakatimizda parlament va mahalliy vakillik organlariga yangi qonunchilik asosida saylovlar bo‘lib o‘tganiga roppa-rosa bir yil to‘ldi.

KONSTITUSIYA BERGAN IMKONIYAT: BUYUK YUKSALISH 2020-12-02

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lami keng, shiddati baland, natijadorligi yuksak demokratik o‘zgarishlarni ko‘rib, bularning barchasi xalqimiz manfaatlarini izchillik bilan ta’minlash, Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosatning hayotdagi samaralari ekaniga har qanday kishi amin bo‘ladi.

KONSTITUSIYA – XALQIMIZ TAFAKKURI VA IJODINING MAHSULI 2020-11-30

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining g‘oyasi, maqsadi, ruhi – har bir qoidasi Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasi, asrlar mobaynida shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan o‘zbekona va sharqona davlatni idora etish hamda xalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an’analarini o‘zida to‘la mujassamlashtirgan.

BUYUK GʻOYALAR BUYUK INSONLARNI TARBIYALASHGA XIZMAT QILADI 2020-11-11

Keyingi yillarda mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda, zalvorli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Bu borada, shubhasiz, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan yangi g‘oyalar va tashabbuslar hamda olib borilayotgan oqilona siyosat dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

SAYLOV SOHASIDAGI QONUNChILIKNI YANADA TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI 2020-11-09

Mamlakatimiz saylov tizimi milliy qadriyatlarimizga tayanilgan holda xalqaro andozalarga asoslanib, shuningdek, xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyotini o‘rganish hamda mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar tajribasining tahlili natijasida takomillashib bormoqda. Bunda umume’tirof etilgan prinsiplarga amal qilgan holda erishilgan yutuqlardan unumli foydalanish orqali mentalitetimizga xos milliy xususiyatlarni yanada mustahkamlab borish tendensiyasi kuzatilmoqda.

DAVLAT TILI: YUKSALISH SARI 2020-09-13

Davlat tiliga e’tibor, uning nufuzini yanada oshirish borasidagi ishlardan gap ochilsa, odatda, ko‘cha-ko‘y, jamoat joylari va ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar matni-yu g‘aliz bitikli peshlavhalardan yozg‘irish boshlanadi: ajnabiy atamalar urchib ketgan, xatosiz yozilgan o‘zbekcha so‘z anqoning urug‘i... Yozg‘irish poyoni ham ko‘pincha: “Ovro‘pa mamlakatlariga borsangiz...” degan o‘kinchga borib taqaladi.

Sud organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari 2020-09-09

Zamonaviy demokratik jamiyatda omma uchun yopiq yoki jamoat nazoratidan xoli tarzda mavjud bo‘la oladigan davlat hayotining biror bir sohasi yoki instituti yo‘q. Hokimiyat jamiyatdan nimanidir yashirgan yoki yetarli va xolis bo‘lmagan axborotni bera boshlagan zahotiyoq uning faoliyati shubha ostiga olinadi. O‘z navbatida, davlat hokimiyati organlarining shaffofligi (oshkoraligi) – bu faqatgina davlatning fuqarolik jamiyati oldidagi majburiyati emas, balki hukumat faoliyatining ushbu jamiyatdagi legitimligi (qonuniyligi)ning muhim sharti ham sanaladi.

BIR SOLIH FARZAND TARBIYASI ULUGʻ BIR KASHFIYOT BILAN TENG! 2020-09-08

Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar.

Ajrashish arosatga yetaklaydi 2020-08-19

Muhabbat – insonga ato etilgan eng oliy tuyg‘u. Ikki qalbning o‘zaro mehr rishtalari bilan bog‘lanishi oila atalgan tabarruk qo‘rg‘onni bunyod etadi. Bu qo‘rg‘on mustahkam bo‘lsa, hayot undan ne’matlarini ayamaydi. Agar unga darz yetsa, shu ondan oiladagilar uchun arosatli kunlar boshlanishi muqarrar.

O‘ZBEKONA MEHR JOZIBASI 2020-06-18

Jazirama kunlar boshlanishi bilan shahar-qishloqlarimizda chanoqovbosdi ichimliklar, meva sharbati iste’molining foydasiyu savdosiga bag‘ishlangan rang-barang reklama lavhalari ko‘paydi. Sarxil mevalari bilan yetti iqlimga dong‘i ketgan O‘zbekistonday jannatmonand mamlakatda bu tabbiy hol. Shukrki, sohibkorlarimizning say’-harakati bilan yurtimizda endilikda to‘rt faslda ham pishiqchilik.

Omonat va matonat (2-qism) 2020-06-10

Men bugun 1-Ukraina fronti tarkibidagi 307-o‘qchi deviziyasi, 109-o‘qchi polkining katta serjanti Elchiboy Abdusalomovning qariyb to‘rt yilga cho‘zilgan qirg‘inbarotda necha dushmanni yer tishlatib, ne bir jasoratlarga noyil bo‘lgani, qanday jangovar va davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilganini birma-bir sanamoqchi, uni ko‘klarga ko‘tarib, maqtamoqchi emasman.

Omonat va matonat (1-qism) 2020-06-10

Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, ilmiy-amaliy va ijodiy izlanishlar davom etmoqda.